Messi Barselonaga qaytishini aytdi

Messi Barselonaga qaytishini aytdi

"PSJ" futbolchisi Lionel Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin qayerda yashashni rejalashtirayotganini aytdi.

35 yoshli hujumchining "PSJ" bilan shartnomasi 6 oydan so‘ng yakuniga yetadi. Uning yangi mavsumda qayerda bo‘lishi hozircha aniq emas. Biroq, Messining o‘zi ham har qanday holatda faoliyatini yakunlaganidan so‘ng Barselonaga qaytishini aytdi.

"Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan keyin yana Barselonaga joylashaman. Barselona - mening uyim", - dedi Kataloniya klubining sobiq futbolchisi Ole nashriga bergan intervyusida.

Mish-mishlarga ko‘ra, Lionel Messi kelasi yozda "Barselona"ga qaytishi mumkin. Shuningdek, "PSJ" yetakchisiga Saudiya Arabistoni va MLS klublari ham qiziqish bildirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!