"Mersedes-Benz 190» jinoyatchi nishoniga aylandi

"Mersedes-Benz 190» jinoyatchi nishoniga aylandi

Farg‘ona viloyati. 2022 yil 26 noyabr kuni soat 02:00 larda noma’lum shaxs transport vositasini olib qochish maqsadida Dang‘ara tumani Toshkent ko‘chasidagi avtomashinalarni ta’mirlash ustaxonasi yoniga kelib, u yerdagi 43 yoshli R.R.ga tegishli eski “Daimler Benz” rusumli avtomashinani eshiklari qulflanmagan, ochiq holda, qarovsiz qoldirilganidan, atrofda hech kim yo‘qligidan foydalanib, avtomashinani olib qochgan.

Tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyat O‘zbekiston tumanida yashovchi 33 yoshli K.A. tomonidan sodir etganligi aniqlanib, ushbu avtomashina O‘zbekiston tumani Yangiobod ko‘chasidan topilgan va ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan K.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ushbu modda bilan ayb e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!