Merkel Ukraina YEIga qachon a’zo bo‘lishini aytdi

Merkel Ukraina YEIga qachon a’zo bo‘lishini aytdi

Germaniya kansleri Angela Merkel Kiyevga tashrifi chog‘ida Ukraina Yevropa ittifoqiga taxminan qachon a’zo bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti «Pyotr Poroshenko bloki» parlamentdagi fraksiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Igor Kononenkoga asosan xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bu taxminan besh-olti yildan so‘ng yuz beradi. Ukrainaga Yevropa ittifoqiga to‘liq a’zo bo‘lish uchun aynan shuncha vaqt kerak.

Kononenkoning xabar berishicha, bunday bayonot unda ijobiy kayfiyat uyg‘otmoqda. Uning e’tibor qaratishicha, Ukrainaning Yevropa ittifoqiga qo‘shilishi sanasi birinchi marta yevropalik juda nufuzli siyosatchi tomonidan aytildi.

«Yana bir bor ta’kidlaymanki, bu birinchi marta shunday darajadagi siyosatchi tomonidan ma’lum qilindi», - deya aytib o‘tdi Kononenko.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiyani «Kiyevning G‘arbga intilishini yo‘q qilishga» urinishda ayblagandi.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!