Megan Markl siyosat haqida jiddiy o‘ylamoqda. U Oq uy rahbari o‘rnini egallamoqchi

Megan Markl siyosat haqida jiddiy o‘ylamoqda. U Oq uy rahbari o‘rnini egallamoqchi

PageSix nashri Megan Markl Oq uy rahbari o‘rnini egallash haqida jiddiy o‘ylayotgani va AQSh demokratik partiyasi vakillari bilan munosabat o‘rnatayotgani haqida yozdi.

Uning yutuqlari orasida :o Bayden adminstrasiyasi kampaniyachini qo‘llab-quvvatlash va mablag‘ yig‘ishni tashkillashtirish ham ko‘rsatilmoqda. “Demokratik partiya internasionalistlari orasida Meganning siyosiy qiziqishlari haqida mish-mishlar yuribdi”, – deb yozadi nashr.

Politologlar Sasseks gersoginyasi 2024 yilda, agar :o Bayden nomzodini ko‘rsatmasa, saylovda ishtirok etishi haqida gapirishmoqda. Ammo Bayden nomzodining saylovda ishtirok etmasligi ehtimoli yuqori, chunki amaldagi prezident keyingi saylov davrida 82 yoshda bo‘ladi.

«Sasseks gersoginyasi bu masalada izoh berishdan bosh tortdi, ammo er-xotin o‘zlarining siyosiy qarashlarini sir tutmaydi. AQShda 2020 yilgi prezidentlik saylovlari chog‘ida juftlik Donald Trampga ko‘rinmas zarba berib, saylovchilarni ‘nafratni qo‘zg‘atuvchi nutqlarni tinglamaslikka’ chaqirgandi, er-xotinning vakili buni ‘odob-axloqqa chorlash’ deb atagan», — deyiladi Daily Mail xabarida.

Megan Marklning rejalari haqida uning do‘sti va biografi Omid Skobi “Megan – Amerika orzusi timsoli. Bir kun kelib biz Meganni prezident sifatida ko‘ramiz” deb aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!