Mbappe Fransiyaning yangi sardori bo‘ladi

Mbappe Fransiyaning yangi sardori bo‘ladi

Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasining yangi sardori bo‘ladi.

«Uch ranglilar» bosh murabbiyi Didye Desham «PSJ»ning 24 yoshli hujumchisini Ugo Lyorisning vorisi sifatida tanladi, deb xabar beradi L’Equipe.

36 yoshli darvozabon Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH-2022dan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Fransuzlar turnir finaliga qadar yetib borishdi va Argentinaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishdi.

Mbappe Fransiya terma jamoasi safida 66 ta o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol urgan. Jamoa tarkibida u 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Juma kuni Fransiya terma jamoasi Yevro-2024 saralashi doirasida o‘z uyida Gollandiyaga qarshi bahs olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!