Masofaviy elektron to‘lovlar uchun ham keshbek to‘lanadi

Masofaviy elektron to‘lovlar uchun ham keshbek to‘lanadi

Davlat soliq qo‘mitasi endi masofaviy elektron to‘lovlar uchun ham xaridlardan 1 % miqdorida keshbek to‘lanishini xabar qildi.

Elektron tijorat platformalari – “marketpleys” larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan xaridlar uchun ham keshbek to‘lanadi.

Bu Soliq organlari axborot tizimlarining elektron to‘lovlar – Paynet, Oson, Click, Payme, Apelsin, ATTO va boshqalarning integrasiyasi evaziga amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!