Mashinasi Masjidul Haromning darvozasiga borib urilgan haydovchi ushlandi

Mashinasi Masjidul Haromning darvozasiga borib urilgan haydovchi ushlandi

Kecha, 30 oktyabr kuni kechqurun Saudiya Arabistoni fuqarosi boshqaruvidagi yengil avtomobil katta tezlikda Masjidul haromning darvozalaridan biriga borib urilgan

Internetda tarqalgan videotasvirlarda mashinaning platmassa to‘siqlardan o‘tib, Masjidul harom darvozasiga urilganini ko‘rish mumkin. SPA agentligi xabariga ko‘ra, ushbu hodisa masjid tashqarisidagi janubiy maydonda tezlikni oshirish oqibatida kelib chiqqan.

Kechqurun soat o‘n yarimlarda yuz bergan hodisada hech kimga zarar yetmagan. Mashina haydovchisi hibsga olindi, uning ism-sharifi oshkor etilmadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!