Mashhur sportchi AQShdagi maydonda o‘lik holda topildi

Mashhur sportchi AQShdagi maydonda o‘lik holda topildi

22 yoshli Barkin Arosamena Ayova shtati Eyms shahridagi golf maydonida o‘lik holda topildi.

17 sentyabr dushanba kuni polisiya Eyms shahridagi golf maydonidan 22 yoshli ispaniyalik Selia Barkin Arosamenaning jasadini topdi. Ayova universitetida o‘qigan qiz mamlakatning eng qobiliyatli golfchilaridan biri bo‘lgan. Bu xabar shahar polisiyasi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilindi.

Tergov natijalariga ko‘ra, u zo‘ravonlik sabab vafot etgan. Jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan 22 yoshli Kollin Deniyel Richardsning qayerdaligi esa noma’lum.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!