“Ipak yo‘li durdonasi” XIII Xalqaro Toshkent kinofestivalida bir qator hind kinosi yulduzdari ham tashrif buyuradilar. Bollivud yulduzlari kinofestival doirasida Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida o‘tadigan hind kinosi kunlarida ishtirok etadilar.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatining xabar berishicha, Toshkentga tashrif buyuradigan hind kino yulduzlari orasida mashhur kinoaktrisa Huma Qureshi ham bor.
Huma Qureshi 1986 yilda Dehli shahrida tug‘ilgan. 2008 yildan boshlab Mumbay kinosanoatida bir qator mashhur filmlarda suratga tushgan. Gangs of Wasseypur, Trishna, D-Day, Dedh Ishqiyya singari hind filmlarida bosh rollarni ijro etgan.
Huma Qureshi kinofestivalda o‘zbek kinoijodkorlari ishtirokidagi mahorat darslarini o‘tkazadi, hind kinosi muxlislari bilan ijodiy uchrashuvlar va davra suhbatlari olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, kinofestivalning ochilish marosimi 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Саудия Арабистони Про-Лигаси келаси ёзда 41 ёшли ҳужумчи Криштиану Роналду "Ан-Наср"ни тарк этса, лигага янги “асосий юлдуз” олиб келади. Bu ҳақда The i Paper хабар бермоқда.
Ижтимоий тармоқларда "Кийим-кечак дўкони рекламаси одоб-ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган тарзда жойланиб, миллий ва оилавий қадриятларга зид образ ва ибораларда берилгани...” жамоатчилик томонидан кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.
Учрашувда Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида олий даражадаги ўзаро ишонч ва яқин мулоқотга асосланган муносабатлар анча жадал ривожланиб бораётгани мамнуният билан қайд этилди. Қувонарлиси, 2025 йил икки томонлама ҳамкорлик учун муҳим ва самарали босқич бўлди.