Marsda kislorod hosil qilish usuli ishlab chiqildi

Marsda kislorod hosil qilish usuli ishlab chiqildi

Sun’iy intellektga ega robot-“kimyogar” Marsda kislorod ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan birikmalarni sintez qildi.

Tajribani Xitoy fan va texnologiya universiteti olimlari amalga oshirdi.

Yaqinda Marsda muz konlari mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Tadqiqotchilar undan kislorod ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida foydalanish mumkinligini taklif qilishdi. Bu boshqa sayyoralarni o‘rganish bo‘yicha kelajakdagi missiyalar uchun muhim ahamiyatga ega.

Olimlar Mars meteoritlaridan katalizatorlarini avtomatik ravishda sintez qila oladigan va optimallashtira oladigan robot ishlab chiqishdi. Ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi.

Dastlabki bosqichda robot lazerli spektroskopiya yordamida Mars rudalarini tahlil qiladi. Keyin u rudani qayta ishlaydi: uni tortib oladi, eritmalar tayyorlaydi va qattiq moddalarni suyuqlikdan ajratadi.

Olingan metall gidroksidlari elektrod olish uchun maxsus yelim bilan ishlov beriladi va sun’iy intellekt hisoblash tizimiga sinov uchun yuboriladi. Tizim turli xil nisbatdagi elementlarning 30 mingtagacha birikmalarini sinab ko‘rishga qodir.

Ishning yakuniy bosqichi doirasida sun’iy intellekt turli elementar tarkibga ega katalizatorlar faolligini bashorat qiladi va kislorod hosil qilish reaksiyasi uchun zarur bo‘lgan optimal kombinasiyani tanlaydi, deb xabar beradi mir24.tv.

“Ayni damda sun’iy intellektga ega robot minus 37 daraja haroratda kislorodni uzluksiz ishlab chiqara oladigan katalizatorni ishlab chiqdi”, deydi olimlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!