Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz — 14 foiz darajasida qoldirdi

 Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz — 14 foiz darajasida qoldirdi

Joriy yilning uchinchi choragida ham iqtisodiy faollik tendensiyalari davom etdi. Nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari ta’minlanishi, o‘tgan yildagi inflyasiya omillari hissasi chiqib ketishi va almashuv kursi mustahkamlanishining tovarlar narxlariga barqarorlashtiruvchi ta’siri sentyabr oyida yillik inflyasiyaning sekinlashishiga xizmat qildi.

Shu bilan birga, faol yalpi talab sharoitida tashqi taklif omillari bilan bog‘liq narxlarni oshiruvchi xatarlar va xizmatlar inflyasiyasi yuqoriligi saqlanib qolmoqda. Ushbu omillarni hisobga olgan holda, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

2025 yil sentyabr oyida umumiy inflyasiya darajasi 0,8 foiz bandga pasayib, yillik 8 foizga teng bo‘ldi. Bunda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari guruhi inflyasiyasi yillik 6,1 foizgacha sekinlashib, pasaytiruvchi hissa qo‘shdi. Xizmatlar inflyasiyasi, jumladan, tartibga solinadigan narxlar ta’sirisiz ham, talab omillari hisobiga umumiy inflyasiyadan yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Qat’iy pul-kredit sharoitlari hisobiga talab omillarining biroz maqbullashishi hamda almashuv kursi mustahkamlanishi ta’sirida bazaviy inflyasiya pasayuvchi dinamikaga o‘tdi va sentyabrda yillik 7 foizgacha sekinlashdi. Jumladan, so‘mning mustahkamlanishi import inflyasiyasining sekinlashishiga xizmat qilib, nooziq-ovqat tovarlari narxlarining ma’lum darajada barqarorlashuviga yordam bermoqda.

So‘nggi oylarda iste’mol savatida narxlari o‘sishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sekinlashgan tovar va xizmatlarning ulushi oshib bormoqda hamda narxlar barqarorlashuvi keng qamrovli xususiyatga ega bo‘la boshlaganini ko‘rsatmoqda.

Sentyabr oyida aholi va tadbirkorlarning inflyasion kutilmalari pasayishda davom etdi, biroq ular joriy va prognoz inflyasiya sur’atlaridan yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, joriy yil yakuniga inflyasiya prognozi pasayish tomonga qayta ko‘rib chiqildi va 8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

Joriy yilning III choragidagi yuqori iqtisodiy o‘sish va investision faollik kelgusi chorakda ham davom etib, yil yakunida YAIM real o‘sishi 7-7,5 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Aholi real daromadlari oshishi va chakana kreditlash faolligi xarid qobiliyatini qo‘llab-quvvatlamoqda va iste’mol talabini oshirmoqda. Bu, o‘z navbatida, kelgusida iqtisodiyotda inflyasion bosimlarni saqlanib qolishiga xizmat qilishi mumkin.

Shu bilan birga, energiya narxlari erkinlashtirilishining kelgusi oylarda inflyasiyaga ikkilamchi ta’sirlari namoyon bo‘lishi hamda ayrim tovarlar taklifi bilan bog‘liq xatarlar yuzaga kelishi ehtimollari saqlanib qolmoqda.

Ushbu sharoitda inflyasiyaning pasayuvchi dinamikasini barqaror davom etishini ta’minlash pul-kredit sharoitlarini joriy nisbatan qat’iy darajada saqlab qolishni taqozo etmoqda.

Nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari iqtisodiyotda jamg‘arish jozibadorligini saqlab qolib, kreditlash sur’atlarini maqbullashtirish va pul bozorida resurslar narxlarini mutanosib shakllantirish orqali yalpi talabni muvozanatlashtirishga xizmat qiladi hamda inflyasiyaga monetar omillarning ta’sirini kamaytiradi.

Yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani o‘zgarishsiz yillik 14 foiz darajasida qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Markaziy bank tomonidan o‘rta muddatli istiqbolda inflyasiyaning 5 foizlik targetigacha pasayishiga erishish maqsadida pul-kredit sharoitlarini yetarli darajada qat’iyligi ta’minlanadi.

Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi 2025 yil 11 dekabr kuniga belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Zelenskiy "tarixiy kelishuv"ni e’lon qildi

Украина Франция ва Греция билан ҳаво ҳужумидан мудофаа ва энергетика секторини мустаҳкамлаш бўйича келишувларни тайёрламоқда, деб ёзади "Европейская правда."

U-17 JCH. O‘zbekiston - Xorvatiya o‘yinining boshlanish vaqti aniq bo‘ldi

Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионати гуруҳ босқичи 3-турида Панамани йирик 6:1 ҳисобида мағлуб этиб, плей-оффга йўл олди.

"Arablar Habibni pulga ko‘mib tashlashdi..."

Ўшанда у эндигина 32 ёшга тўлган ва кўплаб мутахассисларнинг фикрига кўра, спорт формасининг энг юқори чўққисида эди.

O‘zbekiston - Misr o‘yinini qayerdan ko‘ramiz?

Ўзбекистон миллий жамоаси 14 ноябрь куни БААдаги халқаро ўртоқлик турнирида Миср терма жамоасига қарши ўйин ўтказади.

U-17 JCH. Italiya - O‘zbekiston o‘yini boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси 18 ноябрь куни Жаҳон чемпионати нимчорак финалида Италияга қарши баҳс олиб боради.

Lionel Messi bilan bitta selfi narxi ma’lum bo‘ldi

Аргентина терма жамоаси ва «Интер Майами» клуби ҳужумчиси ҳамда сардори Лионель Месси 2025 йил 13–15 декабрь кунлари Ҳиндистонда ўтадиган тур доирасида ҳар бир учрашув учун 107 минг долларгача даромад кўради, деб хабар берmoқda Championat.com нашри.

Messining surati Instagram'ni "portlatdi" (foto)

Аргентиналик суперюлдуз Лионель Мессининг бир неча кун олдинги янги "Камп Ноу"да тушган сурати Instagram ижтимоий тармоғини "портлатди".

“Real Madrid” stadioni nomi o‘zgardi (foto)

Клуб бу қарорни янгиланган логотип ва брендинг орқали амалга оширган.

Abduqodir Husanov terma jamoa qarorgohiga yetib keldi va mashg‘ulotlarni boshladi (FOTO)

"Манчестер Сити" шарафини ҳимоя қилаётган ҳамюртимиз Абдуқодир Ҳусанов Ўзбекистон миллий жамоасининг Дубайдаги йиғинига қўшилди.

Rossiyaning Su-35 samolyotlari Qozog‘iston Prezidentini Moskvagacha kuzatib bordi

Қозоғистон Президенти 11-12 ноябрь кунлари Россия Федерациясида давлат ташрифи билан бўлади.

O‘zbekistonda 4 kishilik oilaning yashashi uchun qancha mablag‘ kerakligi hisoblab chiqildi

МДҲ мамлакатларида харажатларнинг асосий қисми муҳим эҳтиёжлар — озиқ-овқат ва уй-жойга йўналтирилади.

Ronaldu "An-Nasr"dan ketishga qaror qildi. U faoliyatini yakunlash uchun o‘ziga klub tanladi

"Олтин тўп"нинг 5 карра соҳиби Криштиану Роналду "Ан-Наср"ни тарк этишга қарор қилди.

«Real» yoki «Barselona»: Xoland tanlov qildi

"Манчестер Сити" ҳужумчиси Эрлинг Холанднинг келажаги билан боғлиқ режалари ойдинлашди.

Ronaldu Runining «Messi undan yaxshi» degan so‘zlariga javob berdi

"Ан-Наср" ҳужумчиси Криштиану Роналду Уэйн Рунининг Лионель Месси унинг ўзидан яхши деган фикрига муносабат билдирди.

Krishtianu Ronaldu to‘yi qachon bo‘lishini e’lon qildi

Криштиану Роналду ниҳоят Жоржина Родригесга уйланади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Transfermarkt U-17 JCh tarixida maydonga tushgan eng qimmat futbolchilar reytingini tuzdi

Ҳозирда Қатарда 17 ёшгача бўлган футболчилар ўртасидаги жаҳон чемпионати давом этмоқда.

Yana bir o‘zbek Yevropa grandi safiga o‘tishi mumkin: "Yuventus" terma jamoamiz vingeriga qiziqib qoldi

Бу ҳақда Эроннинг Fotballi.net портали хабар берди.

Xonanda Jahongir Otajonov firibgarlik qurboni bo‘ldi

Х.Х. Жаҳонгир Отажоновнинг Lexus машинасини 68 минг долларга баҳолаб, сотиб олган. У дастлабки тўлов сифатида 34 минг доллар берган ва қолган 34 минг долларни 2 йилга бўлиб тўлашга келишган.

Putin yana bir qonunni imzoladi

Янги ҳужжатга кўра, қўпорувчилик билан боғлиқ жиноятлар учун жиноий жавобгарлик энди 14 ёшдан белгиланади

Sobiq bosh vazir o‘lim jazosiga hukm qilindi

Суд бир неча ой давомидаги гувоҳликларни эшитган, унда айтилишига кўра, собиқ бош вазир одамларни оммавий равишда ўлдиришни буюрган.

Shveysariya Trampning nozik joyini topdi

Шундан сўнг АҚШ бож тўловларини 39 фоиздан 15 фоизга туширишини эълон қилди

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan muhim kelishuvga erishdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедовнинг музокаралари кенгайтирилган таркибда икки мамлакат расмий делегациялари иштирокида давом этди.

Xitoylik “tarixchilar” Misrning qadimiyligini shubha ostiga olmoqda

Хитой ижтимоий тармоқларида Ғарб цивилизациясига оид тарихий фактларни шубҳа остига қўяётган муҳокамалар кенг тарқалмоқда. Бундай баҳсларнинг навбатдаги сабабларидан бири Шанхайда ўтказилган Қадимий Миср артефактлари кўргазмаси бўлди, деб ёзади SCMP.

Qozog‘istonning 11 ta shahrida atmosfera havosi keskin yomonlashadi

17 ноябрь куни қўшни Қозоғистоннинг бир қатор йирик шаҳарларида ҳаво ифлосланиши хавфи ортиши прогноз қилинмоқда.

Falastin davlati bo‘lmaydi

Исроил мудофаа вазири Исраэл Кац Фаластин давлатининг ташкил этилишига йўл қўйилмаслигини ва Ғазо сектори келажакда тўлиқ қуролсизлантирилишини маълум қилди.

Venesuela muxolifati yetakchisi harbiylarni qurol tashlashga chaqirdi

Венесуэла мухолиф сиёсатчиси, Тинчлик учун Нобель мукофоти совриндори Мария Корина Мачадо мамлакат қўшинларини президент Николас Мадуро буюруқларига бўйсунмасликка ва қуролларини ташлашга чақирди.

Hindistonda polisiya bo‘limida dahshatli portlash yuz berdi

“Тасодифий портлаш” деб баҳоланаётган воқеа бўйича тергов давом этмоқда.

Sobiq prezidentning generali Mossad agenti bo‘lib chiqdi - OAV

Сурия хавфсизлик хизматининг собиқ генерали Холид ал-Ҳалабий Австрияда уруш жиноятларида айбланиб судланмоқда.

Janubiy Koreyada ulkan logistika ombori yonib ketdi

Бино тўлиқ кийим-кечак билан тўлдирилганлиги сабабли ёнғин тез тарқалмоқда.

Argentinadagi zavodda kuchli portlash yuz berdi

Маҳаллий ОАВ маълумотига кўра, фожиа оқибатида 200 дан ортиқ киши эвакуация қилинган, камида 22 нафар одам жароҳатланган.

Rossiya Zaporojye viloyatidagi Yablokovo qishlog‘ini nazoratga olganini ma’lum qildi

Вазирлик, шунингдек, ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимлари томонидан тўрта бошқариладиган ҳаво бомбаси ва 247 та дрон урилганини қўшимча қилган.

Toshkent viloyati hokimligi jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Тошкент вилоятида «Ягона буюртмачи хизмати» ДМ бош юрисконсультига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.

Efiopiyada birinchi marta Marburg virusi tarqalishi tasdiqlandi

Эфиопияда Omo вилоятида, Жанубий Судан билан чегарадош ҳудудда, 9 та Marburg вируси ҳолати қайд этилди ва мамлакатда вируснинг биринчи тарқалиши расман тасдиқланди.

Afg‘oniston bozoridagi ayollar do‘konlari yopildi

Афғонистонда “Толибон” ҳукумати Дайкунди провинциясининг Нили шаҳрида жойлашган иккита бозорда аёлларга тегишли дўконларни ёпиб қўйди. Оқибатда 300 нафар аёл ишсиз қолди. Бу ҳақда “Afghanistan International” хабар берди.

Tramp Rossiya aktivlarini musodara qilishi mumkin — OAV

АҚШ ОАВнинг ёзишича, Вашингтонда Россиянинг музлатилган активларидан 5 миллиард долларга яқин маблағни мусодара қилиш имкони муҳокама қилинмоқда.

Stokgolmda avtobus bekatdagi odamlarga borib urildi, qurbonlar bor

Полициянинг маълум қилишича, қурбонлар ва жароҳатланганлар бор, лекин уларнинг сони очиқланмади. Автобус ҳайдовчиси ҳибсга олинган.

Xitoyda Range Rover haydovchisi ajoyib yo‘l bilan jinoyatchini ushlab berdi

Адвокат эса шундай деди: хайдовчининг қилган иши ўзини ва бошқаларни ҳимоя қилиш учун қонуний ва тўғри қилинган ҳаракатдир.

Ukrainadagilar «tarixdagi eng yomon qish»ga tayyorlanmoqda

Россия бизнинг энергиямизни, инфратузилмамизни, иситиш тизимимизни йўқ қилади.

Putin Ukrainaga urush boshlaganidan beri 147 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lgan

Қайд этилишича, сўнгги бир ой ичида рўйхатга 11 мингдан ортиқ ҳарбий қўшилган.