Marg‘ilonda fohisha jirkanch ish ustida qo‘lga olindi

Marg‘ilonda fohisha jirkanch ish ustida qo‘lga olindi

Marg‘ilon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi Mahbuba ismli ayol bir nafar yosh farzandi va dugonasi N.Mirzaboyeva bilan birga yashaydi.

N.Mirzaboyeva fohishalik bilan shug‘ullanib, Mahbubaning uyida “mijoz”larni qabul qiladi. Ushbu uyda fohishaxona tashkil etilganidan xabar topgan IIB xodimlari 2020 yil 30 aprel kuni Mahbubaning uyiga kirib kelishdi. Bu vaqtda esa Abror ismli shaxs 150 ming so‘m evaziga N.Mirzaboyeva bilan ushbu uyda jinsiy yaqinlik qilayotgandi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan sud majlisida Mahbubaning jinoiy qilmishi har tomonlama ko‘rib chiqilib, unga nisbatan amaldagi qonunlarimizga binoan 360 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlandi.

Odiljon ISMOILOV, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahar sudining raisi v.b.

Husniddin ODILOV, sudya yordamchisi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!