"Manchester Yunayted" Neymarni ijaraga olmoqchi

"Manchester Yunayted" Neymarni ijaraga olmoqchi

"Manchester Yunayted" klubi "PSJ"ning superyulduzi Neymar bilan yozgi transfer oynasiga transfer borasida muzokaralarni boshladi.

L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, parijliklar braziliyalik futbolchi klub rahbariyati va murabbiyining umidlarini oqlay olmagani uchun Neymarni shu yozda sotish haqida o‘ylamoqda.

Gazetaning yozishicha, "Manchester Yunayted" Neymarni ijaraga olishni istamoqda, ammo "PSJ" uni to‘liq sotishni talab qilmoqda.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!