"Manchester Siti" ochkolardan mahrum qilinishi mumkin

"Manchester Siti" ochkolardan mahrum qilinishi mumkin

Angliya Premyer-ligasi to‘rt yillik tekshiruvdan so‘ng "Manchester Siti"ni ko‘plab moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda aybladi. Bu haqda The Times nashri jurnalisti Martin Zigler o‘zining "Tvitter" sahifasiida ma’lum qildi.

Shuningdek, jurnalist Premyer-liga Manchester klubini buzganlikda ayblagan qoidalar ro‘yxatini keltiradi. Ushbu ro‘yxatga muvofiq, "Manchester Siti" 2009/2010 yilgi mavsumdan 2017/2018 yilgi mavsumgacha moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan. Agar aybdor deb topilsa, klub bir qator jazolarga, jumladan, ochkolarni olib tashlashga ham duch keladi.

2009 yildan buyon "Manchester Siti" oltita APL chempionligini qo‘lga kiritdi (2012, 2014, 2018, 2019, 2021 va 2022). "Sharhlarliklar" joriy mavsumda Premyer-ligada 21 o‘yindan so‘ng 45 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!