"Manchester Siti" futbolchisi "Yuventus"ga o‘tishga tayyor

"Manchester Siti" futbolchisi "Yuventus"ga o‘tishga tayyor

"Manchester Siti" futbolchisi Italiyaga yo‘l oladi. Xabarlarga ko‘ra, "Yuventus" allaqachon "shaharliklar" yarim himoyachisi Kalvin Fillips bilan kelishib qo‘ygan. 26 yoshli futbolchi Turin jamoasiga o‘tishga rozi bo‘lgan.

Bu mavsumda Fillips bor-yo‘g‘i 236 daqiqa maydonda bo‘ldi xolos. Shu sababli uning yangi klubga o‘tishi har ikki tomon uchun ham foydali bo‘ladi. "Manchester Siti" rahbariyati uni yanvarda mavsum oxiriga qadar ijaraga berishga tayyor ekanini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!