"Manchester Siti" yetakchisi 3 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

"Manchester Siti" yetakchisi 3 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgandi.

Futbolchi raqibiga qarshi agressiv harakati uchun shunday jazoga loyiq ko‘rilgandi. Reglamentga muvofiq, xavbek 3 o‘yinga chetlatiladi. Shu orqali u Liga Kubogi doirasida "Nyukasl", APLdagi "Vulverxempton" va "Arsenal"ga qarshi o‘yinlarda qatnashmaydi.

Ushbu mavsumda 27 yoshli yarim himoyachi APLning 6 o‘yinida 2 gol va 1 assist qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!