"Manchester Siti" yetakchilaridan biri qishdi jamoani tark etishi mumkin

A A A
"Manchester Siti" yetakchilaridan biri qishdi jamoani tark etishi mumkin

"Benfika" prezidentligi uchun kurashayotgan portugaliyalik tadbirkor Joau Lopesh "Manchester Siti"ning 31 yoshli yarim himoyachisi Bernardu Silvani Lissabon klubining asosiy transfer maqsadi sifatida belgilab qo‘ydi. Bu haqda Record xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Lopesh allaqachon Silva bilan chuqur muzokaralar olib bormoqda. Ta’kidlanishicha, portugaliyalik futbolchi uchun shartnoma tayyorlangan va u yanvarda imzolanishi mumkin.

Silva "Manchester Siti" safida 2017 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida yarim himoyachi barcha musobaqalarda 410 ta o‘yinda maydonga tushib, 72 ta gol va 73 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 38 mln yevroni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трамп Эрон раҳбариятини “қаттиққўл ва ақлли, бироқ жуда ёвуз” деб атади.

Shomurodov to‘purarlar bahsida yuqori ko‘tarildi