2026 yil 1 yanvardan boshlab Niderlandiyada yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar o‘rtacha 4 foizga oshiriladi. Eng katta oshish rulda maxsus hands-free qurilmasiz telefon ishlatish bilan bog‘liq: endi bu qoidabuzarlik uchun 440 yevro to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Tezlikni hatto ozgina oshirish ham qimmatga tushadi. Shaharda tezlikni 5 km/soatga oshirish — 46 yevro, avtobanda 20 km/soatga oshirish esa 229 yevro jarimaga olib keladi. Qizil chiroqda o‘tishning jarimasi kamida 320 yevroni tashkil etadi. Noto‘g‘ri to‘xtash uchun jarimalar 130 yevrodan boshlanadi, nogironlar uchun ajratilgan joyda noqonuniy to‘xtash esa 400 yevroga tushadi.
Shuningdek, tajovuzkor haydash ham qat’iy jazolanadi: o‘ng tomondan quvib o‘tish — 320 yevro, avtomobillar orasidagi masofani juda qisqa saqlash — 380 yevrogacha jarimaga sabab bo‘ladi. Eng muhimi, jarimadan qochib qutulib bo‘lmaydi: Niderlandiya jarimalari chet elda ham undiriladi, to‘lov kechiktirilsa, jarima miqdori tezda oshib boradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.
Нашр маълумотларига кўра, Исроил Мудофаа кучлари (ЦАХАЛ) март ойида Ғазода ҳарбий операция ўтказиш режасини ишлаб чиққан, аммо уни фақат Қўшма Штатларнинг розилиги билан амалга ошириш мумкин.
АҚШ президенти Доналд Трамп жума куни мамлакатдаги энг йирик нефт компаниялари раҳбарларини Венесуэла нефт саноатига сармоя киритишга чақирди. Бу чақириқ Қўшма Штатлар томонидан Венесуэла президенти Николас Мадуронинг қўлга олинишидан бир ҳафта ўтиб янгради.