"Manchester Siti" "Barselona" futbolchisi uchun 90 million yevro bermoqchi

"Manchester Siti" "Barselona" futbolchisi uchun 90 million yevro bermoqchi

"Manchester Siti" "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Shaharliklar" Kataloniya klubiga gollandiyalik futbolchi uchun 90 million yevro taklif qilmoqda. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.

Transfer katta ehtimol bilan kelasi yozda amalga oshadi. Ammo hozircha Xavi Ernandes iqtidorli yarim himoyachini yo‘qotmoqchi emas.

Joriy mavsumda De Yong 13 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!