Maktabda dars qoldirgan o‘quvchilarning ota-onasiga yuborilayotgan ogohlantirish xati bo‘yicha izoh berildi

Maktabda dars qoldirgan o‘quvchilarning ota-onasiga yuborilayotgan ogohlantirish xati bo‘yicha izoh berildi

Farzandlari maktab darslarini qoldirib kelayotgan ota-onalarga “Ogohlantirish xati” yuborilayotgani xususida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan xabarlarga munosabat.

Mazkur xabarlarda endilikda dars qoldirib kelayotgan o‘quvchilarning ota-onalariga “Ogohlantirish xati” yuborilishi va bu orqali ularga turli tartibdagi ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanishi aytib o‘tilgan.Maktabda dars qoldirgan o‘quvchilarning ota-onasiga yuborilayotgan ogohlantirish xati bo‘yicha izoh berildi

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yilning 5 fevral kuni o‘tkazilgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilganligi aytib o‘tildi.

Inspektor-psixologlarning asosiy vazifasi, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda maktab jamoalariga yaqindan ko‘maklashish, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlashdan iborat.

Shu maqsadda darslarga muntazam (uch o‘quv kuni va undan ortiq) sababsiz qatnashmayotgan o‘quvchilarning yashash manzillariga tezkor ravishda “Ogohlantirish xati” yuborilmoqda. Unda o‘quvchilarning ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tilgan.

Jumladan, farzandlarini tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmaslik, bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim olishiga to‘sqinlik qilish oqibatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining tegishli moddasiga asosan qonuniy jazo choralari keltirib o‘tilgan.

Bundan ko‘zlangan maqsad, darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilar oila a’zolarining mas’uliyati va javobgarligini oshirishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 77-moddasida:

ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majbur ekanliklari;

O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunining 51-moddasida:

voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolalarining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki boshlang‘ich professional ta’lim olishini ta’minlashi shart ekanligi keltirib o‘tilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!