Maktab o‘quvchisi telefonini quvvatlantirib cho‘milayotgan vaqtda vafot etdi

Novocherkasskda (Rossiya) shahrida yashovchi 13 yoshli o‘smir hammomda telefon orqali gaplashayotgan vaqtida vafot etdi.
Viloyat huquq-tartibot idoralarining bildirishicha, holat 21-sentyabrga o‘tar kechasi yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yettinchi sinf o‘quvchisi cho‘milishga o‘zi bilan telefonini olib kirgan. U gajetni quvvatga ulagan va bir vaqtning o‘zida qo‘l telefoni orqali suhbatlashgan.
Aniqlanishicha, qurilma vannaga tushib ketgan, suvning ichida bo‘lgan qiz esa tok urishidan vafot etgan.
Tergov qo‘mitasi viloyat boshqarmasining izoh berishicha, qiz o‘sha vaqtda quvvatlanayotgan telefonini suvga tushirib yuborgan.
Hozirda ushbu holatga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)