“Maktab-texnikum-institut-ish beruvchi” integrasiyasi yo‘lga qo‘yilmoqda

“Maktab-texnikum-institut-ish beruvchi” integrasiyasi yo‘lga qo‘yilmoqda

22 aprel - “Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi mas’ullari, “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Mazkur tadbir o‘quvchilarni zamonaviy kasb va mutaxassisliklarga o‘qitish, xususan kelgusida geodeziya va kartografiya sohasida kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish, maktab bitiruvchilarining iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir doirasida Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Kadastr agentligi tomonidan qo‘shma qaror imzolandi. Hujjat geodeziya, kartografiya, kadastr hamda fazoviy ma’lumotlar sohasi uchun oliy ma’lumotli kadrlarni ish beruvchilar bilan hamkorlikda tayyorlashni nazarda tutadi.

Qo‘shma qarorda, shuningdek, soha xodimlari, professor-o‘qituvchilarni mahalliy va xorijiy o‘quv kurslarida malakasini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda turli tanlovlar va grantlarda loyihalar bilan qatnashish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi huzurida kompetensiyalar markazini ochish masalasi ham ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!