Mahalla guzari qurish uchun ajratilgan yer maydonini 102 millionga sotgan fuqaro aniqlandi

Mahalla guzari qurish uchun ajratilgan yer maydonini 102 millionga sotgan fuqaro aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.A. O‘rtachirchiq tumani, “Qumovul” MFY hududida mahalla guzari va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish uchun ajratilgan 10 sotix yer maydonini tadbirkor D.T.ga firibgarlik yo‘li bilan 102,2 mln so‘mga sotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!