Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ketganJamol Nosirov Buxoro shahriga hokim bo‘ldi

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ketganJamol Nosirov Buxoro shahriga hokim bo‘ldi

Bugun, 5 may kuni Buxoro shahar hokimligida navbatdan tashqari sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat hokimi Botir Zaripov hamda viloyat faollari ishtirok etdi.

Kengash yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. 2020 yildan shu paytga qadar Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Jamol Nosirov Shuxratovich  Buxoro shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Jamol Nosirov 1985 yil 12 iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan. 2005 yili Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, psixolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2008 yili esa universitetning magistraturasini tugatgan.

Bir muddat «Kamolot» YOIH Buxoro viloyat Kengashi raisi lavozimida ham mehnat qilgan.

Shundan so‘ng 27-Jilvon saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylangan edi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi bo‘lgan.

2017 yildan 2020 yilga qadar Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Jamol Nosirov 2020 yil 22 apreldan buyon Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!