Lukashenkoning tahdidi: "Kim qonunni buzib ruxsat berilmagan namoyishlarga chiqsa – talabalikdan mahrum qilinadi"

Lukashenkoning tahdidi: "Kim qonunni buzib ruxsat berilmagan namoyishlarga chiqsa – talabalikdan mahrum qilinadi"

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko norozilik namoyishlarida qatnashgan talabalarga o‘qishdan chetlatish bilan tahdid qildi.

«Talabalar. O‘qish uchun keldingizmi – o‘qing! Kim xohlasa – o‘qisin. Kim qonunni buzib ruxsat berilmagan namoyishlarga chiqsa – talabalikdan mahrum qilinadi. Iltimos, men aytganimdek, ularni yoki armiyaga yuboringlar yoki [universitetdan] ko‘chaga chiqarib yuboringlar», – degan Lukashenko oltinchi UmumBelarus milliy yig‘ilishiga tayyorgarlik chog‘ida.

Oktyabr oyining boshlarida talabalari norozilik namoyishlarida qatnashgan 3 ta oliy o‘quv yurtining rektorlari ham ishdan bo‘shatilgan edi. Hukumat buni «tartibga solish» maqsadida amalga oshirilganini ta’kidlagan.

Sentyabr oyida «Belarus – Kelajak» fondi norozilik namoyishlarida qatnashib, oliygohlardan haydab yuborilgan talabalarni Ukraina universitetlariga o‘qishga kirishiga yordam berishini ma’lum qilgan. Yordam aynan qanday shaklda bo‘lishi ochiqlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!