Lotin Amerikasi qamoqxonalarida tirbandlik bilan bog‘liq vaziyat qanday?

Lotin Amerikasi qamoqxonalarida tirbandlik bilan bog‘liq vaziyat qanday?

O‘tgan yil Lotin Amerikasidagi qamoqxonalarda zo‘ravonlik va to‘qnashuvlarning avj olgani haqida ko‘plab xabarlar tarqaldi.

2021 yilning 28 iyun kuni Kolumbiyaning Tulua shahridagi qamoqxonadagi to‘polon paytida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 51 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohatlandi. Shuningdek, avvalroq Ekvadorning Santo-Domingo shahridagi qamoqxonada yuz bergan tartibsizliklar oqibatida 44 kishi halok bo‘lgan edi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning dekabridan 2022 yilning mayigacha Ekvador qamoqxonalarida kamida 390 kishi halok bo‘lgan.

Ushbu voqealar jiddiy infratuzilma inqirozi va mintaqaning ko‘p qismida qamoqxonalarda odamlar sig‘imi me’yordan ortiqligi bilan bog‘liq.

Kolumbiya qamoqxonalari 2021 yilda o‘z sig‘imining 120 foizida, Ekvador qamoqxonasi esa 330 foizida ishlagan. O‘z sig‘imidan ko‘proq mahbuslar yashaydigan Lotin Amerikasi mamlakatlariga Gaiti (400%ga yaqin), Gvatemala (357%), Boliviya (264% ga yaqin) misol bo‘la oladi.

Manba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!