Londonda har beshinchi bola oilada mablag‘ yetishmasligi sababli to‘yimli ovqat iste’mol qila olmaydi, deya xabar beradi Metro gazetasi.
Childhood Trust xayriya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya poytaxtidagi yarim millionga yaqin bolalar oziq-ovqat narxining oshishi tufayli to‘yib ovqatlanmaslik xavfi ostida.
Ta’kidlanishicha, o‘smirlarning 40 foizi normal o‘sish va rivojlanish uchun muntazam va to‘yimli oziq-ovqat etishmasligidan aziyat chekmoqda.
Bunday hayratlanarli xulosa 7-16 yoshli 280 nafar bola o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida tuzilgan.
Agar biz ushbu ma’lumotlarni London aholisiga ekstrapolyasiya qilsak, 426 mingdan ortiq bola sog‘lom oziq-ovqat etishmasligini boshdan kechiradi deb taxmin qilish mumkin.
Buyuk britaniyalik deputat Reychel Rivzning aytishicha, inflyasiya ortib borayotgani sababli britaniyaliklar oziq-ovqat sotib olish yoki uylarini isitish o‘rtasida tanlov qilishga majbur.
Salvation Army xayriya tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan alohida so‘rov shuni ko‘rsatadiki, britaniyalik kattalarning uchdan ikki qismi Rojdestvo bayramida kechki ovqatni sotib olish imkoniyatiga ega emasligiga ishonchlari komil emas.
Ularning aksariyati muhtojlarga bepul oziq-ovqat tarqatadigan oziq-ovqat banklaridan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamizki, Buyuk Britaniyada oziq-ovqat narxlari so‘nggi 45 yil ichida eng tez sur’atlarda o‘sib bormoqda. Yashash narxining keskin oshishi britaniyaliklarga qattiq ta’sir qildi, ular daromadlarining deyarli yarmini oziq-ovqat va energiyaga sarflaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Интернет ижтимоий тармоқларида Бешариқ туманида “ёввойи” кимса пайдо бўлгани ва аёллар, болaларга ташланиб қолаётганлиги ҳақида тарқалган хабар Фарғона вилояти ИИБ томонидан ўрганиб чиқилди.
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.
1 августдан бошлаб АҚШ президенти Доналд Трамп Жанубий Корея ва Ҳиндистондан олиб кириладиган маҳсулотларга янги бож тўловлари жорий этилишини эълон қилди. Унда икки давлатга турлича ёндашув намоён бўлди.