London klubi Tuxel bilan muzokaralarni boshladi

London klubi Tuxel bilan muzokaralarni boshladi

Tomas Tuxel 2023/2024 yilgi mavsum oxirida "Bavariya"da murabbiylik kursisini tark etadi - bu haqda fevral oyida ma’lum qilingan edi. Nemis mutaxassisi Premyer-ligaga qaytishi mumkin va u avvalroq Angliyada yana ishlash istagi haqida gapirgan edi.

Transfer News Live nashrining jurnalist Aleks Krukga tayanib xabar berishicha, "Vest Xem" sport direktori Tim Steydten Tomas Tuxel bilan yaqin munosabatlarni saqlab turibdi. London klubi yozda murabbiyga ish taklif qilishi mumkin.

Manbaning qayd etishicha, Devid Moyesning «Vest Xem»ni tark etishi ehtimoli tobora ortib bormoqda.

“Vest Xem” hozirda APL turnir jadvalida 8-o‘rinda borayotganini qo‘shimcha qilib o‘tamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!