Lobbizm bor narsa, lekin...

Lobbizm bor narsa, lekin...

Avvallari davlat organlari xalq orasida o‘z fikrlarini yoyish uchun gazetalar chiqarib, ular orqali ma’lum bir g‘oyalarini o‘quvchilariga yetkazishardi. Bu o‘z vaqtida qandaydir natija bergan va bu tabiiy hisoblangan. Endi zamon boshqa, internet bor, rasmiy OAV bilan maqsadga yetish qiyin, blogerlar orqali, yana ham osonrog‘i o‘zlari bloger yaratib, u orqali fikrlarini ommaga yetkazishga harakatlar boshlandi.

“Qo‘shni mahalla”. Bizga begonadek, xuddi kimnidir himoya qilish uchun olib chiqilgan telegram-kanal kabi harakatlari uning xolisligiga, ayrim hollarda ijtimoiy-siyosiy, davlat va jamiyat qurilishidan xabardorligiga shubha uyg‘otmoqda.

Deputat Qobul Do‘stov haqidagi postida “o‘zi u deputatmi yo tadbirkor” deyishi asosiy maqsad qanday qilib bo‘lmasin qoralash ekanligi ko‘rinib qolgan. Lobbizm bor narsa, lekin uni ikkinchi tarafga surbetlik qilish bilan yonma-yon olib borish eng kamida bizning mentalitetga to‘g‘ri kelmaydi.

Avval bir maqola yozgan edik, gapirayotgan deputatlarni sindirmaylik, o‘zi endi tilga kirishdi. Ularga asossiz qarshilik qilayotganlar, demokratik jamiyatning asosiga bolta urayotganlarini bilsinlar.

Xato hammadan o‘tadi, ayniqsa qaysidir ishni endi boshlayotgan bo‘lsangiz, bizning holatda deputatlarning biror-bir masala bo‘yicha fikr bildirishi haqiqiy deputatlik boshlanayotganidan darak. Qo‘llab-quvvatlaylik, vaqti kelib mevasini beradi.

G‘ayratxo‘ja Saydaliyev


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!