Liviyani kimlar talayapti?

A A A
Liviyani kimlar talayapti?

Neftga boy va strategik jihatdan muhim ahamiyatga Liviya 2011 yilda, ya’ni arab bahori pallasida mamlakatni 42 yil boshqargan Muammar Qazzofiy ag‘darilganidan va o‘ldirilganidan beri behalovat. Shundan buyon Liviya davlatchiligi batamom tiklangani yo‘q, siyosiy beqarorlik haligacha tugamadi, mamlakat parokandalikka yuz tutdi. 2015 yilning dekabrida BMT shafeligida poytaxt Tripolida Liviya milliy murosa hukumati tuzildi va u xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olindi. Mamlakat sharqidagi Toburk shahrida esa parlament – Vakillar palatasi joylashgan bo‘lib, u Tripolidagi hukumatni tan olmaydi. Sharqiy hukumatni general Xalifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi qo‘llab-quvvatlayapti. 

Bir paytlar Qazzofiyning safdoshi bo‘lgan va Sovet Ittifoqida tahsil olgan 76 yoshli Haftar 2019 yilning aprelidan beri Tripolini qo‘lga kiritishga va shaharni “terrorchilar”dan tozalashga urinmoqda. Lekin uning oxirgi haftalardagi harakatlari muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanyapti. Jumladan, 18 may kuni Tripolining janubi-g‘arbidan 140 kilometr uzoqlikdagi “Vatiyya” harbiy bazasi Milliy murosa hukumati kuchlarining qo‘liga o‘tdi. Haftar muhim bu bazadan poytaxtga hujum qilish uchun plasdarm sifatida foydalanib kelayotgan edi. 

Afsuski, ayrim davlatlar nizolashayotgan ikki tomonni yarashtirib, liviyaliklarning azob-uqubatlariga barham berishga hissa qo‘shish o‘rniga olovga moy purkash bilan ovora. BMT Xavfsizlik Kengashi 2011 yilda Liviyaga qurol embargosi joriy etganini esa hech kim nazarga ilgani yo‘q. 

O‘tgan haftada AQSh Rossiyani Liviyaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishda aybladi. AQSh Qurolli Kuchlari Afrika qo‘mondonligi (AFRICOM) rahbariyatining fikriga ko‘ra, MiG-29 samolyotlari general Haftarga yordam berayotgan rossiyalik yollanma jangchilarni himoyalash uchun kerak. “Rossiya Liviyadagi muvozanatni o‘z foydasiga og‘dirmoqchi”, – dedi AFRICOM rahbari Stiven Taunsend. 

Sovet Ittifoqi paytidan beri Moskva Liviyaga harbiy ko‘mak berib keladi. Ammo 2011 yildagi voqealar Moskvaning bu mamlakatdagi ta’sirini ancha kamaytirib qo‘ydi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ana shu ta’sirni qayta qo‘lga kiritmoqchi. Tahlilchilarning aytishicha, Haftar harbiy ko‘mak evaziga Moskvaning Liviya energetika bozoriga hamda Tobruk va Darna neft portlariga kirishiga imkoniyat yaratishga va’da bergan. Generalga bu ko‘mak “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining yollanma jangchilari ko‘rinishida keldi. Liviyada 1200 atrofida rossiyalik yollanma jangchilar borligi aytiladi. Biroq Putinning iddaosiga ko‘ra, ular Rossiyani tamsil etmaydi va uning hukumatidan pul olmaydi. 

Rossiya Liviyadagi urushda rasman qatnashmayotgan bo‘lsa-da, ammo bilvosita aralashayotganini allaqachon butun dunyo bilib bo‘lgan. Albatta, Rossiya Liviyadagi vaziyat uning zarariga yakunlanishini istamaydi, shuning uchun tomonlar Moskvaga foyda keltiradigan kelishuvga erishmaguncha urushning davom etishini qo‘llab-quvvatlaydi. Oddiy liviyaliklarmi? Katta davlatlarning manfaatlari oldida ularning sariq chaqalik qadri yo‘q. 

General Haftarga yordam qo‘lini cho‘zganlar orasida Rossiyadan tashqari Fransiya, Misr, BAA ham bor. Misr prezidenti – hokimiyatga harbiy to‘ntarish orqali kelgan Abdulfattoh Sisiyga Liviyadagi vaziyatga Turkiyaning aralashgani yoqmayapti. Zero, Sisiyning turk prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anni ko‘rgani ko‘zi, otgani o‘qi yo‘q. Qohiraning fikricha, Anqara O‘rta dengizning sharqiy qismidagi neft va gaz konlari ustidan nazorat o‘rnatishga urinmoqda. Ayni paytda bu konlarning nazorati Gresiya, Kipr, Isroil va Misrning qo‘lida. 

Turkiyani yoqtirmaydigan davlatlardan yana biri – BAA ham general Xalifa Haftardan yordamini ayamayapti. Jumladan, Liviyaga kelgan sudanlik va chadlik yollanma jangchilarni moliyalashtirdi, Rossiyada ishlab chiqarilgan «Pansir-S1» tizimlari, Janubiy Afrika Respublikasida ishlab chiqarilgan “Super Puma” vertolyotlari, harbiy samolyotlar va dronlar, aviayoqilg‘i yetkazib berdi. Ammo general Haftarning oxirgi muvaffaqiyatsizliklari BAAning hafsalasini pir qilayotgani aniq.

Faiz Sarroj boshchiligidagi Liviya milliy murosa hukumati kuchlarining oxirgi g‘alabalari Turkiyaning ko‘magi bilan izohlanmoqda. Xalqaro nashrlar “Turkiyaning Liviyasi”, “Liviyada asosiy aktyor endi Turkiya”, deya yoza boshladi. Mavjud vaziyat hatto “Liviyada Turkiya va Rossiya to‘qnashadimi?” degan savolni keltirib chiqardi. Ekspetlarning aytishicha, “Vagner” jangchilari Tripoli yaqinidan chekingan bo‘lsa-da, Moskva Haftarning nazoratidagi hududlarda mudofaani kuchaytirishga harakat qilyapti. Albatta, Moskva va Anqaraning Liviyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashish ehtimol juda past, zero, ikki tomon o‘zaro til topisha olishi Suriyada namoyon bo‘lgan. Aytish mumkinki, Turkiya va Rossiya bir-biriga na do‘st, na dushman. 

Fakt shuki, Turkiyaning Liviyadagi vaziyatga aralashuvi u yerda kuchlar muvozanatini o‘zgartirib yubordi. Anqara va Tripoli 2019 yilning noyabrida harbiy hamkorlik va Sharqiy O‘rta dengizda yurisdiksiyani cheklash to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Bu hujjat Gresiya, Isroil va Misrning Turkiyani chetlab o‘tgan holda Sharqiy O‘rta dengizdagi boy uglevodorod manbalarining taqsimlash borasidagi harakatlariga Anqaraning javobi edi. Bu javobning ta’sirini qo‘ldan boy bermaslik uchun esa Liviya milliy murosa hukumatiga harbiy yordam bera boshladi. Milliy murosa hukumati kuchlari turk dronlari yordamida Haftar kuchlarining havo mudofaa tizimini zaiflatishning uddasidan chiqdi. Holbuki, bir necha oy avval Tripoli general Haftar tomonidan qurshab olingan va ko‘pchilik uning g‘alabasi aniq deb o‘ylayotgan edi.

Xo‘sh, Xalifa Haftar endi nima qiladi? 

Albatta, uning bir o‘zi qaror qabul qilmaydi, balki Moskva, Abu-Dabi va Qohiradagi valine’matlari bilan maslahatlashadi. Anqaraning esa qarori qat’iy: Liviya milliy murosa hukumati bilan kelishuvga muvofiq turk mutaxassislar 3-4 oy ichida bu yerda neft qidirish ishlarini boshlaydi.  

Ubaydulloh Adhamov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatlari ortidan Qozog‘iston futboli tanqid qilindi

Қўшни давлатларда аллақачон жаҳон даражасига чиққан футбол юлдузлари етишиб чиқаётган бир пайтда, Қозоғистон футболи ҳамон Дастан Сатпаевнинг келажакдаги муваффақиятига умид қилиб яшамоқда.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

AQSh Husanovdan hayratda!

АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.

Samarqandda 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida vafot etganligi holati yuzasidan prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Марҳумнинг ўлим сабабларини аниқлаш мақсадида суд-тиббиёт экспертизаси тайинланган.

Eronning ikki million barrel neft tashiy oladigan supertankeri AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasini muvaffaqiyatli yengib o‘tdi

Bloomberg агентлиги Ҳўрмуз бўғозидан бунгача Хитойга алоқадор Rich Starry танкери ўтганини ҳақида хабар берганди.

Ronaldu bo‘ldi, futbolni tugat!

Швециялик собиқ футболчи Андерс Лимпар Криштиану Роналдуга карьерасини якунлашни маслаҳат берди.

Lionel Messi Kataloniya klubini sotib oldi

АҚШнинг “Интер Майами” ва Аргентина терма жамоас сардори Лионель Месси Терсера RFEF (Испаниянинг бешинчи дивизиони) лигасида иштирок этувчи Каталониянинг “Корнеля” клубини сотиб олди.

Xitoy AQShni ogohlantirdi

Хитой Ҳормуз бўғозидан фойдаланиш, Эрон билан савдо алоқалари ва энергетика келишувларини давом эттиришини маълум қилди.

"Chelsi"ga qarshi Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

Англия чемпионати 32-турида "Манчестер Сити" "Челси" майдонида 3:0 ҳисобида йирик ғалабани расмийлаштирди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Eronga qarshi urushda AQSh qancha mablag‘ zarar ko‘rganini bilasizmi?

Бу ҳақда Iran War Cost Tracker нашри хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida ikki yuk kemasi hujumga uchradi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар берди.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi inqiroz: Tramp Oq uyda shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi

Америка етакчиси Дональд Трамп Оқ уйда Ҳўрмуз бўғозидаги вазият ва Эрон билан музокаралар бўйича йиғилиш ўтказди.

“Real” yulduzi kasallik sabab bir zumda olti kiloga ozib ketdi

Мадриднинг “Реал” клуби ҳимоячиси Рауль Асенсио ҳозирда шифохонада бўлиб, унда гастроэнтеритга сабаб бўлган вирусни аниқлаш мақсадида текширувдан ўтмоқда.

Rossiya va Hindiston o‘rtasida yangi harbiy kelishuv kuchga kirdi

Мазкур келишувга кўра, Россия ва Ҳиндистон бир-бирининг ҳудудига 3 минг нафаргача аскар, 10 та ҳарбий самолёт ва 5 та ҳарбий кема юбориши мумкин.

Homanaiy: Eron AQSh va Isroilga yangi zarba berishga tayyor

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Мужтабо Ҳоманаий мамлакат ҳарбий-денгиз кучлари АҚШ ва Исроилга қарши янги зарбалар беришга тайёрлигини билдирди.

Rasman: Kiyevdagi otishma gumondori Rossiyada tug‘ilgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Брюсселда ўтган брифингда Европа комиссияси вакили Анна-Кайса Итконен бу ҳолат ҳозирча реал муаммога айланмаганини, бироқ хавф тобора ортиб бораётганини таъкидлади.

Qashqadaryoda lolazorni payxon qilganlarga chora ko‘rildi

Ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги лолазор ҳудудида транспорт воситаларида ҳаракатланилганлиги акс этган видео тарқалди.

Germaniyada chap ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar soni keskin oshdi — BILD

Бу ўтган йилга нисбатан учдан бирдан кўпроқ ўсишни англатади.

Rus tilida so‘zlashuvchi generalning Mossad rahbari etib tayinlanishi Isroilda tanqid qilindi

Маълумотларга кўра, рус тилида равон сўзлашувчи беларуслик муҳожир Роман Хоффман разведка хизматининг 14-раҳбари бўлди.

O‘rta Chirchiqda 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.

O‘zbekiston Humans Group asoschisi Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi

У “қимор ва таваккалчиликка асосланган бошқа ўйинларни ташкил этиш ва ўтказиш”, шунингдек, “пул ювиш"да айбланмоқда.

O‘rta Chirchiqdagi xonadonda portlash: 4 kishi vafot etdi

Тунда қаттиқ овоз бўлди. Ҳамма уйдан чиқиб кетди. Қўрқиб кетдик”, — дейди қўшнилардан бири.

“Ravshan Zolotoy” xalqaro qidiruvga berildi

Омма орасида “Равшан Золотой” номи билан танилган, таниқли тадбиркор Ғофур Раҳимовнинг жияни Равшан Муҳитдинов интерпол орқали қидирувга берилган.

"O‘zbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Дилшод Аҳмедов 2024 йил 16 октябрда “Ўзметкомбинат” АЖ бошқарув раиси этиб тайинланган. 2025 йил август ойида эса лавозимидан озод этилганди.

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

Ҳолат юзасидан унга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JAR siyosatchisi Julius Malema 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

"Иқтисодий эркинлик учун курашчилар" (EFF) партияси етакчиси Жулиус Малема 2018 йилги митингда ўқотар қуролдан ноқонуний фойдаланганликда айбдор деб топилди

Oq uy olimlarning sirli o‘limi va yo‘qolishi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi

Бу ҳақда The Times Кэролайн Левиттга таяниб хабар берди.

AQSh Eronga qarshi “Iqtisodiy g‘azab” operasiyasini boshladi

Бу ҳақда Пит Хегсет матбуот анжуманида баёнот берди.

Samarqandda ma’danli toshlardan oltin ajratib olayotganlar ushlandi

Самарқанд вилоятида ноқонуний равишда маъданли тошлардан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келган шахслар ушланди.

Ekologik ekspertiza tizimini raqamlashtirishda Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.

AQSh Senati to‘rtinchi marta Erondagi urushni to‘xtatishdan bosh tortdi

Америка Сенати яна бир бор президент Дональд Трампнинг Конгресс розилигисиз Эронга қарши ҳарбий ҳаракатлар олиб бориш ҳуқуқини чеклашга қаратилган резолюцияни қўллаб-қувватламади.

Narkosavdogarlardan Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg “opiy” giyohvandlik vositasi olindi

Натижада, автомашинада кетаётган Қўшкўпир туманида яшовчи, 2002 й.т., муқаддам наркожиноят содир этганлиги учун судланган шахсга тегишли 4 кг 541 гр “опий” моддаси борлиги аниқланди

Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Гап мамлакатдаги нефт маҳсулотларининг 10 фоизигача бўлган қисмини таъминлайдиган корхона ҳақида бормоқда.