“Liverpul” muxlisi: “Topganlarim va yo‘qotganlarim...”

A A A
“Liverpul” muxlisi: “Topganlarim va yo‘qotganlarim...”

O‘shanda 8 yoshda edim. Qaysidir gazetadan (qaysi ekanligi aniq esimda emas) «Liverpul» va «Alaves»ning Yevropa ligasi finalidagi gollar shousi haqida o‘qib qoldim. U paytlar biz o‘zimiz qo‘lda to‘p yasab, ko‘chada futbol o‘ynardik. Juda qoyillatib qo‘ymaganman futbol o‘ynashni. Lekin oq qora tasvirli eski televizorda futbol ko‘rishni sabrsizlik bilan kutardik. Ko‘pincha elektr tokidagi uzilishlar sababli o‘yinlarni o‘tkazib yuborardik. Natijasini esa har kunlik informasion dasturlardan eshitar edik. O‘sha davr yulduzlarining o‘yinlaridan bahramand bo‘lishimizga qishloqning kechalari elektr tokisiz qorong‘u zulmatda qolishi to‘sqinlik qilgan. Ba’zan mashinaning akkumulyatoriga ulanadigan “Jinlipu” televizor yordamga kelardi. Bu ham asosan final uchrashuvlarida yoki milliy terma jamoa o‘yinlarida bo‘lardi. Afsuski bu futbolga yaqinlashishga kamlik qilardi. Chunki finalda o‘ynayotgan jamoa qanday qilib bu bosqichga kelib qolganiniyu, uning tarkibida kimlar borligini ko‘pchiligimiz bilmas edik. “Oqlar” yaxshi o‘ynar ekan, shunga muxlislik qilamiz derdik, “qoralar” ham qolishmas edi. Natija u qadar muhim emasdi. Milliy terma jamoaning yutqazib qo‘yaverishi esa 35-40 ta (hammada ham akkumulyatorga ulab televizor imkoni bo‘lmaganidan qo‘shnilar ham yig‘ilar edi) qorako‘zning hafsalasini pir qilardi.
Shunday tartibda biz yana bir finalni ko‘rdik, Istanbul finalini. Undan keyin yuzlab dahshatli o‘yinlar bo‘lib o‘tsa-da, o‘z mashhurligini yo‘qotmagan final. Shundan beri «Liverpul»ni taniyman, yurakdan his qilaman, mag‘lubiyatini bir necha kun esdan chiqara olmay yuraman. Sevgining bir turi bo‘lgan muxlislik kasaliga chalinganmiz. Biz muxlislik qila boshlagan davrda Stiven Jerrard navqiron yoshda edi. Uning o‘yinlarini yarim tunda ham mudroq bosib ko‘rishning iloji yo‘q edi. Darvoza tomon yo‘llangan zarbalari uyqingizga qo‘shib darvozabonning xushini ham uchirib yuborar edi. Afsus, u Angliya chempionligini qo‘lga kirita olmadi. 2014 yilda o‘ziga qo‘shilib millionlab muxlislari ko‘z yoshi bilan qolib ketdi.

Topganimizdan yo‘qotganlarimiz ko‘proq!

Bu yil «Liverpul» Angliya chempioniga aylandi. Rossiyalik mashhur sharhlovchi va jurnalist Vasiliy Utkin yutubdagi kanalida «Liverpul» muxlislariga bag‘ishlab o‘ziga xos video joylashtirdi. Uning mazmuni «Liverpul» muxlislari nimani topib, nimani yo‘qotganliklari haqida edi. «Liverpul»ning chempion bo‘lishida Yurgen Klopp, futbolchilar, muxlislar, klub shifokorlari, umuman, ko‘pchilikning hissasi bor. Bunga to‘xtalib o‘tirishning xojati yo‘q. Zero ular tufayli bugun biz muxlislarning topganimizdan yo‘qotganimiz ko‘proq.

Vasiliy Utkin o‘z nutqida Yurgen Klopp oddiy murabbiy ekani, favqulodda ajralib turadigan jihatlari yo‘qligi, shunchaki o‘z ishing ustasi ekanini takidlab o‘tdi. Eng achinarlisi Utkin bizga achchiq haqiqatni eslatdi. Quyida uning so‘zlarini aynan keltirib o‘tamiz.

“Ha, «Liverpul» muxlislari, shu kungacha sizlar o‘ziga xos, o‘xshashi yo‘q edinglar. Sizlarda drama, hikoya bor edi. Sizlarda his-tuyg‘u bor edi o‘zgacha. Shunaqa asabiy holatki, shuncha yillardan beri nimadir yetishmas, hatto Chempionlar Ligasidagi g‘alabalar ham taskin bermasdi. Balki nega shunday ekan, deb boshlaringni devorga urgandirsizlar? Balki, o‘sha 1985 yildagi «Eyzel» fojiasi uchun qandaydir qarg‘ish tekkanu hech qachon sodir bo‘lmaydigan orzudek tushkunlikda ham bo‘lgandirsizlar?

Endi esa... Endi «Liverpul»da yana chempionlik bor. «Liverpul» muxlislari, sizlar ham bizga o‘xshab qoldinglar. Hamma qatori bo‘lib qoldinglar. O‘zlaringga xos edinglar, o‘xshashlaring yo‘q edi, sizlarda drama bor edi...

Endi esa, xuddi Lev Tolstoy «Baxtli oilalarning barchasi bir-biriga o‘xshaydi...» deganidek, boshqalarga o‘xshaysizlar. Shu bilan baxt tuyinglar. Endi sizlar ham oddiysizlar. Xuddi murabbiylaring Yurgen Klopp kabi”.

«Liverpul» o‘ziga xos bo‘lganligi bois uning g‘alabali mavsumi ham o‘ziga xos bo‘ldi, 30 yil kutgan, kutib sabri yetmay bu ishni avlodlariga qoldirib ketgan muxlislar suyuklisining chempionlik kubogini boshi uzra baland ko‘tarishida muhtasham «Enfild»da to‘plana olmadilar. Bu ham “endi avvalgidek emassizlar” degandek go‘yo. Vasiliy Utkin qanchalar haq ekanini biz ham anglab yetdik. Joriy mavsum chempionlikka bir qadam qolguncha orzuqib kuttik, xuddi avvalgidek o‘ziga xos muxlis bo‘lib kuttik. Lekin endi unday emas, klub chempionga aylangach bizda kutadigan narsaning o‘zi qolmadi. Bizga kuladigan raqiblar endi topilmasligi, tish-tirnog‘igacha qarshilik ko‘rsatib, «Liverpul» chempion bo‘lishini istamaydiganlar endi yo‘q. Chunki endi bundan foyda yo‘q.

Shamsinur AXTAMOV


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.