Litva 1 iyundan Rossiyadagi elchisini chaqirib olmoqchi

Litva 1 iyundan Rossiyadagi elchisini chaqirib olmoqchi

Litva 1 iyundan Eytvidas Bayarunasni Rossiyadagi elchi lavozimidan chaqirib olishga qaror qildi, deb yozadi Meduza.

Delfi hukumat qarori loyihasiga tayanib xabar qilishicha, 7 iyundan Sankt-Peterburgdagi konsulxona tugatiladi, u aprelda Rossiya tomonidan yopib qo‘yilgan edi.

Aprel boshida Litva Buchada tinch aholi vakillari o‘ldirilganidan keyin Rossiya elchisini mamlakatdan chiqarib yuborib, Klaypedadagi Rossiya konsulxonasini yopishga qaror qilgandi. Rossiyadagi Litva elchisi o‘z mamlakatiga qaytib kelishi haqida o‘shandayoq e’lon qilingandi.

10 may kuni Litva seymi Rossiyani «terrorchi davlat» deb tan olish haqida rezolyusiya qabul qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!