Laylatul qadr kechasi qaysi kunlarga to‘g‘ri kelishi mumkin?

 Laylatul qadr kechasi qaysi kunlarga to‘g‘ri kelishi mumkin?

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

"Laylatul qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kechasining toq (kecha)laridan izlanglar", deganlar.

🔸Qadr kechasining 1 soniyasi 23 soatdan afzal

🔸1 minuti 58 kundan afzal

🔸1 soati 9 yilu 8 oydan afzal

🔸1 kechasi 83 yilu 3 oydan afzal

Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar:

"Nabiy sollallohu alayhi vasallam (oxirgi) o‘n kunlik kirib kelsa belbog‘larini mahkam bog‘lardilar, kechalarini tiriltirar va ahllarini uyg‘otardilar".

Bu yilgi ramazon oyining oxirgi toq kechalari:

🔹21 kecha: 21 aprel (payshanba)dan — 22 aprel (juma)ga o‘tar kechasi;

🔹23 kecha: 23 aprel (shanba)dan — 24 aprel (yakshanba)ga o‘tar kechasi;

🔹25 kecha: 25 aprel (dushanba)dan — 26 aprel (seshanba)ga o‘tar kechasi;

🔹27 kecha: 27 aprel (chorshanba)dan — 28 aprel (payshanba)ga o‘tar kechasi;

🔹29 kecha: 29 aprel (juma)dan — 30 aprel (shanba)ga o‘tar kechasi.

Davron NURMUHAMMAD


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!