Lavrov Janubiy Afrikaga bordi

Lavrov Janubiy Afrikaga bordi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov chorshanba kuni Keyptaun shahriga yetib keldi va u yerda 1—2 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan BRIKS tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi, deb xabar beradi “RIA Novosti” muxbiri.

Tashrif arafasida Rossiya diplomatik departamentining ma’lum qilishicha, Keyptaunda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda BRIKSga a’zo davlatlar xalqaro kun tartibidagi masalalarni, yetakchi ko‘p tomonlama platformalarda o‘zaro hamkorlikni muhokama qiladi, assosiasiyaning strategik sherikligini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!