Ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan birini o‘z vaqtida qurib egalariga topshira olmagan quruvchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan birini o‘z vaqtida qurib egalariga topshira olmagan quruvchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Buxoro shahar IIO FMB tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv hujjatlariga ko‘ra ”SK LIDER” MCHJ rahbari Buxoro tumani Ko‘chko‘mar mahallasida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan N.S. va fuqaro N.M. o‘rtasida 2020 yil 12 sentyabr kuni tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra Buxoro shahar I.Mo‘minov ko‘chasida birlashtirib qurilgan 24/1 va 26/1 uyning 3-pod’ezd 3-qavatidagi 105 m2 dan iborat 3-xonali kvartira 2021 yilning 30 may kuniga qadar qurib, topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida fuqaro N.M. ga topshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

”SK LIDER” MCHJ rahbari N.S. ushbu shartni amalga oshirish majburiyatini olgan bo‘lishiga qaramasdan, u fuqaro N.M.ning jami 294.000.000 so‘m pullarini qo‘lga kiritib, hozirgi kunga qadar mazkur xonadonni qurib, topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida unga topshirmagan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan MCHJ rahbari fuqaro N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!