"Ko‘ngilni aynituvchi": shved olimi nega odam go‘shtini yeyishni tavsiya qilmoqda?

"Ko‘ngilni aynituvchi": shved olimi nega odam go‘shtini yeyishni tavsiya qilmoqda?

Shved olimining ilmiy sohada qilgan bayonoti tufayli ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida qizg‘in bahs-munozara boshlanib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq shvesiyalik olim Magnus Sederlind iqlimdagi o‘zgarishlarga qarshi kurash uchun odam go‘shtini tanovvul qilish taklifini ilgari surganligi haqida xabar bergan edik.

Olim fikriga ko‘ra, iqlimdagi o‘zgarishlarga insoniyatning qishloq xo‘jaligi sohasi, jumladan chorvachilik sohasidagi faoliyati aybdor. Shu bois, o‘lgan odamlarning go‘shtini iste’mol qilish insoniyatni qutqargan bo‘lar edi, jahon hamjamiyati bu g‘oyaga e’tibor qaratmog‘i lozim, degan olim.

Shved olimining bu taklifiga o‘zbekistonliklar qizg‘in fikr bildirmoqdalar.

Xususan, kimdir bunday taklif bergan olimning go‘shtini yeyish kerak oldin, desa, internet foydalanuvchilarining aksariyati guruh administratoridan bunday "ko‘ngilni aynituvchi" taklif bitilgan postni olib tashlashni qat’iy talab qilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!