Kun qahramonlari: Samarqandda maktab o‘quvchilari 4-qavatdan tushib ketgan qizchani tutib olishdi

Kun qahramonlari: Samarqandda maktab o‘quvchilari 4-qavatdan tushib ketgan qizchani tutib olishdi

Samarqandda 4 yigit ko‘p qavatli uyning derazasidan tushib ketgan qizchaning hayotini saqlab qolishdi

2023-yil 1-iyun kuni Samarqanddagi maktablardan birining 11-sinfini bitirayotgan SH.Boborahimov, M.Saidalimov, O.O‘tkirov va J.Eshnazarov sayr qilib yurishganda ko‘p qavatli uyning 4-qavatida boshi panjara orasiga tiqilib, tanasi havoda osilib turgan kichkina qizchani ko‘rib qolishadi.

O‘quvchilardan biri darhol qizaloqning ota-onasiga xabar berish uchun kvartira tomon yuguradi, qolganlari qizaloq osilib qolgan balkon ostida qo‘llarini cho‘zib, tirik qutqaruv panjarasini yasashadi.

O‘rtoqlardan biri zinapoyadan yugurib chiqayotgan paytda, qizaloq pastga qulab tushadi. Yigitlar uni tutib olishadi. Aniqlanishicha, onasi uy ishlari bilan ovora bo‘lgan paytda qizcha balkonga chiqib qolgan ekan.

Samarqand viloyati IIB atrofida bo‘layotgan shu kabi holatlarga befarq bo‘lmagan yoshlarga minnatdorchilik bildiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!