Kreml Rossiya-Turkiya loyihalarini amalga oshirishning yuqori dinamikasini saqlab qolishga ishonadi

Kreml Rossiya-Turkiya loyihalarini amalga oshirishning yuqori dinamikasini saqlab qolishga ishonadi

Kreml Rossiya-Turkiya loyihalari, jumladan energetika loyihalarini amalga oshirishning yuqori dinamikasi Turkiyadagi saylovlardan keyin ham davom etishini kutmoqda.

Bu haqda dushanba kuni jurnalistlarga Rossiya Federasiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi Rossiya davlat OAVlari.

“Rossiya-Turkiya qo‘shma loyihalarini amalga oshirishda allaqachon yuqori dinamika kuzatilmoqda. Albatta, biz bu sur’at davom etishini kutamiz, chunki vazifalar haqiqatdan ham juda ambisiyali”, — dedi Kreml vakili.

Peskov, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning shaxsiy uchrashuvi “qaysidir istiqbolda” bo‘lib o‘tishini, biroq uning o‘tkazilishi vaqti haqida aniq tushuncha yo‘qligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!