Kreml: Moskva AQShning Markaziy Osiyo davlatlari bilan uchrashuvini kuzatdi

Kreml: Moskva AQShning Markaziy Osiyo davlatlari bilan uchrashuvini kuzatdi

Rossiya AQSh Prezidenti Jo Baydenning BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi doirasidagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvini kuzatdi, biroq Moskva uchun asosiysi mintaqa davlatlari bilan muloqotni davom ettirishdir. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov uchrashuv yakunlarini sharhlar ekan, ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.

“Osiyo davlatlari, albatta, AQSh bilan o‘z munosabatlariga ega. Albatta, bunday uchrashuvlarni o‘tkazish bu davlatlarning huquqidir. Biz bularning barchasini diqqat bilan kuzatib boramiz. Biz uchun asosiysi bu emas, asosiysi muloqotimizni davom ettirishdir”, dedi Kreml vakili.

“Bilasizmi, Rossiya va “Markaziy Osiyo beshligi” o‘rtasida o‘ziga xos muloqot bor, bizning o‘zimizning integrasiya jarayonlarimiz bor, biz ularga e’tibor qaratamiz, bu biz uchun nihoyatda muhim.

C5+1 formati (Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh) 2015-yilda yaratilgan va tashqi ishlar vazirlari va ekspertlar darajasida o‘tkazilgan. Bu galgi uchrashuv birinchi marta N’yu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida davlat rahbarlari darajasida bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh Prezidentlari Jo Bayden, Qozog‘iston Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Sadir Japarov, Tojikiston Imomali Rahmon, Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!