Kredit (lot. creditum – ishonmoq) – boshqa shaxsga muddatlilik, qaytarishlilik va foydalanganlik uchun foiz shaklida to‘lovlilik shartlari asosida vaqtincha beriladigan pul mablag‘lari, tovar va boshqa qimmatliklardir.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga ko‘ra, kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi. Qonun hujjatlariga muvofiq kredit tashkilotlari bo‘lmagan tijorat tashkilotlarining kreditlashni amalga oshirishiga yo‘l qo‘yilgan hollarda kredit shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari amalga oshiradigan kreditlash munosabatlariga nisbatan qo‘llanadi.
Kredit shartnomasi bu — qarzning alohida, mustaqil ko‘rinishlaridan biridir. Kredit shartnomasida qarz beruvchi sifatida faqat bank yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki lisenziyasiga ega bo‘lgan boshqa kredit tashkiloti qatnashishi mumkin. Kredit shartnomasi ikkala tarafga ham majburiyat yuklaydi. Har bir taraf ikkinchi taraf foydasiga majburiyat oladi, masalan, kreditor qarzdorga pul summasini berishga majbur va kelishilgan muddat o‘tganda, berilgan pulni va ustama foizlarni talab qilish huquqiga ega, qarz oluvchi esa pul berilishini talab qilishga haqli va uni kelishilgan muddatda ustamasi bilan qaytarishga majbur. Qarz shartnomasidan farqli ravishda, kredit shartnomasi bilan olingan pullar har doim haq evaziga tuzilishi shart: qarzga olingan pul mablag‘laridan foydalanganligi uchun qarzdor ma’lum summa asosida hisoblangan foizlarni to‘lashga majbur.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2006 yil 22 dekabr kunidagi 13/150-sonli qarorining uchinchi bandiga ko‘ra, bank yoki boshqa kredit tashkiloti va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasidan kelib chiqadigan huquqiy munosabat kredit tashkilotining keyinchalik, kelishilgan muddatlarda, kredit berish (kredit liniyasini ochish) majburiyatini va qarz oluvchining olingan kreditni qaytarish va u bo‘yicha foizlarni to‘lash majburiyatini o‘z ichiga oladi.
Bunda kredit tashkilotining qarz oluvchiga kredit summasini berish (hisobvaraqqa o‘tkazish) bo‘yicha real shartnomaviy majburiyatlari shartnoma tuzilgan paytdan boshlab, qarz oluvchining foizlarni to‘lash, kreditni qaytarish bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlari esa, agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, kredit summasi real olingan paytdan boshlab vujudga keladi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart. Yozma shaklga rioya qilmaslik kredit shartnomasining haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 746-moddasiga ko‘ra, kreditor qarz oluvchini to‘lovga qobiliyatsiz deb hisoblasa, qarz oluvchi kreditni ta’minlash majburiyatlarini bajarmasa, shartnomada nazarda tutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanish majburiyatini buzsa, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda qarz oluvchiga kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli. Qarz oluvchi kredit olishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli. Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz oluvchi bu haqda kreditorni kredit shartnomasida belgilab qo‘yilgan kredit berish muddatiga qadar xabardor qilishi shart. Qarz oluvchi kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanish majburiyatini buzgan taqdirda kreditor shartnoma bo‘yicha qarz oluvchini bundan buyon kreditlashni to‘xtatishga haqli.
Farrux MURODOV, Buxoro tumanlararo
iqtisodiy sudining sudyasi
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.
"Биз украиналиклар билан очиқ ва қийин мунозараларда 22 та ўта аниқ шартларни таклиф қилдик ва биз жуда кучли позицияда эканлигимизга ишонамиз", деди Келлог.
Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.
Покистон халқи 7 майга ўтар кечаси Ҳиндистон ҳаво кучларининг кенг кўламли ҳужумини қайтаришда юқори маҳорат, ватанпарварлик ва ҳамжиҳатлик намойиш этган миллий қуролли кучларнинг "буюк ғалабаси" билан фахрланиши лозим.
Россия президенти ўз ҳокимиятининг 25 йиллигига бағишланган ҳужжатли фильмда НАТОнинг Руминия ва Болгариядаги Америка ҳарбий базалари мавжудлиги Украинадаги урушга сабаб бўлганини таъкидлади.
Маълум қилинишича, оҳангаронлик 20 ёшли йигит ҳудудий ички ишлар бўлимига мурожаат қилиб, Telegram орқали аккаунт сотиб олиш мақсадида номаълум шахснинг банк картасига 9 млн сўм пул ўтказганини айтган.
Америкалик собиқ разведка ходими Скотт Риттер Х ижтимоий тармоғида АҚШ президенти Доналд Трампни Россияга ҳасад қилишда ва мамлакат Ғалаба кунини нишонлашга эътибор қаратаётганликда айблади.
АҚШ 2025 йил май ойида энг янги Б61-13 термоядровий бомбасининг биринчи намуналарини чиқаришни кутмоқда, деди Энергетика департаменти қошидаги Миллий ядро хавфсизлиги бошқармаси директори вазифасини бажарувчи Тереза Роббинс, унинг сўзларидан иқтибос келтирмоқда РИА Новости .
Сурия ва Исроил Бирлашган Араб Амирликлари (БАА) томонидан ташкил этилган алоқа канали ёрдамида билвосита музокаралар олиб бормоқда. Бу ҳақда манбаларга таяниб, Reuters хабар берди.
“Аэрофлот” 7 май куни Москвадан учадиган 52 та рейсни ва Москвага йўналган яна 54 та рейсни бекор қилди, бу ҳақда компаниянинг онлайн таблосида эълон қилинди.
"Биз Канада билан нима бўлишидан қатъий назар дўст бўламиз. Канаданинг мен учун алоҳида ўрни бор. "Канаданинг мудофаа харажатларини ошириш қарорини олқишлайман", - дея хулоса қилди АҚШ президенти.
Бу ҳақда Покистон армияси матбуот хизмати вазифасини бажарувчи Хизматлараро жамоатчилик билан алоқалар (ИСПР) бош директори генерал-лейтенант Аҳмад Шариф Чаудри маълум қилди, дея хабар беради Pakistan Daily нашри.
2038-йилга келиб Франция ҳарбий-денгиз кучлари иккита ядро реакторига эга ва сиғими 78 минг тонна бўлган самолёт ташувчи кемани олишни режалаштирмоқда. Самолёт ташувчининг узунлиги 310 м, кенглиги 85 м бўлади. Унинг ҳаво гуруҳи ҳар хил турдаги 40 дан ортиқ самолётлардан иборат бўлади. Ҳаво мудофааси ва яқин мудофаа тизимлари, шу жумладан лазер тизимлари.