Kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan MCHJlar aniqlangani ma’lum bo‘ldi

Kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan MCHJlar aniqlangani ma’lum bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.B.” MCHJ mas’ul shaxslari tijorat banki filialidan nooziq ovqat mahsulotlari chakana savdosi faoliyatini tashkil etish maqsadida ajratilgan kredit mablag‘i hisobiga xorijdan olib kelingan qurilish mollarini boshqa shaxslarga naqd pulga sotib yuborib, 120 ming AQSh dollari miqdoridagi kreditni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.” MCHJ hamda “I.O.” oilaviy korxonasi norasmiy boshqarib kelgan A.S. zamonaviy mehmonxona xizmatini tashkil qilish uchun hududiy tijorat banki filialidan 3 mlrd so‘m kredit ajratilishiga erishib, amalda mehmonxona xizmatini tashkil qilmasdan kredit mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “A.G.” MCHJ mas’ul shaxslari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan AYOQSh binosini ta’mirlash ishlarini to‘liq amalga oshirmasdan jami 602,6 mln so‘m kreditni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!