Kosovo shimolidagi tartibsizliklarda 50 dan ortiq kishi jarohat oldi

Kosovo shimolidagi tartibsizliklarda 50 dan ortiq kishi jarohat oldi

Kosovo shimolidagi to‘qnashuvlar chog‘ida 50 dan ortiq kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda OAV shifokorlarga tayanib.

Bugun tunda Zvekan munisipalitetida tartibsizliklar boshlandi. Serblar mahalliy hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi. Ular Kosovo polisiyasini olib chiqib ketishni va kosovo-alban merini chaqirib olishni talab qilishdi. Ularning binoga yaqinlashishiga Kosovo polisiyasi va NATO qurolli kuchlari to‘sqinlik qilgan. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi kuch ishlatgan, dubinkalarni qo‘llagan, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz sepgan va olomonga 30 ga yaqin shovqinli granatalar uloqtirgan.

Aprel oyi oxirida mahalliy serblar tomonidan boykot qilingan Shimoliy Kosovo va Metoxiyadagi to‘rtta munisipalitetda mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovchilar soni to‘rt foizga ham yetmagan bo‘lsa-da, asosan serblardan iborat Shimoliy Mitrovisa, Zvekan, Zubin Potok va Leposavichda alban nomzodlari g‘alaba qozondi. O‘tgan hafta Prishtina yangi merlarni lavozimga tayinlashga urinib ko‘rdi, bu esa navbatdagi keskinlikni keltirib chiqardi.

Ba’zi manbalarda esa Kosovodagi to‘qnashuvlarda 41 KFOR kontingenti yaralangani, 3 nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, KFOR NATO boshchiligidagi xalqaro kuch bo‘lib, Kosovoda barqarorlikni saqlashga mas’uldir. KFOR kuchlari BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyusiyasiga muvofiq tuzilgan va 1999 yil 12 iyunda Kosovoga kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!