O‘z mansab yoki xizmat mavqeini suiiste’mol qilish, undan shaxsiy yoki o‘zgalar manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoxud nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Anglaganingizdek, gap korrupsiya haqida ketmoqda. Bugun jamiyatimizda ushbu illatga qarshi jiddiy kurashilyapti, uning oqibatlari ommaviy axborot vositalari orqali, turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, tadbirlarda aholiga tushuntirilishiga qaramay, afsuski, korrupsiyaning keskin kamayishiga erishganimiz yo‘q.
Nega korrupsiya degan balodan qutulolmayapmiz? Bunga nima to‘sqinlik qilmoqda?
Muxbirimiz shu kabi savollarga javob topish maqsadida Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Baxshillo Xo‘jayev bilan suhbatlashdi.
Bilamizki, korrupsiyada har doim kamida ikki tomon ishtirok etadi, deydi suhbatdoshimiz. Bunda, bir tomondan, noqonuniy yo‘l bilan o‘zi yoki uchinchi shaxs uchun boylik orttirayotgan mansabdor shaxs hamda boshqa tomondan mansabdor shaxsdan aktiv yoxud passiv usulda uning manfaatini ko‘zlovchi qarorning qabul qilinishini kutayotgan shaxs. Korrupsiyani, soddaroq qilib, o‘z nafsi, manfaati yo‘lida qonunni ham chetlab o‘tish orqali g‘arazli maqsadi hamda biror narsaga erishish, deyish mumkin.
Bugungi kunda yurtimizda ushbu illatga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Uning huquqiy asoslari, tashkiliy tuzilmasi va amalga oshirish strategiyasi ham aniq. Bu borada O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga qo‘shilishi islohotlarning dastlabki muhim qadami bo‘ldi.
Uni amalga oshirishning milliy mexanizmi sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida gi Qonun, Prezidentimizning Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi qarori qabul qilindi.
Bularning samarali ijrosi natijasida ko‘plab jinoyatlar fosh etilmoqda, sodir qilinishi xavfi bo‘lganlarining oldi olinmoqda. Buni har kuni ommaviy axborot vositalari orqali kuzatib boryapmiz. Bu yaxshi, albatta. Lekin shularning o‘zigina yetarli emas. Korrupsiyaga qarshi yanada faol kurashishimiz kerak. Mana shu bizning, barchamizning diqqat-e’tiborimizda bo‘lishi lozim.
Nazarimizda, bu boradagi targ‘ibot ishlari kutilganidek samara bermayapti. Sizningcha, ushbu illatni keskin kamaytirish uchun nimalar qilish kerak?
To‘g‘ri, targ‘ibot tadbirlari deyarli har kuni o‘tkaziladi, odamlarni ogohlikka chaqiramiz. Bu ishlarni yanada kuchaytirish zarur. Buning uchun respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bir qator muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.
Birinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashishning preventiv choralari samaradorligiga erishish kerak. Ya’ni illatning oldini olishning nazariy poydevori ta’lim, xabardorlik va targ‘ibot (education, awareness and advocacy) tamoyillariga asoslanib, amaliy tomondan esa samaradorlik, shaffoflik va hisobdorlik (effectiveness, transparency, accountability) tamoyillari asosida aniq davlat siyosatini ishlab chiqish lozim.
Bu borada davlat siyosati rivojlangan mamlakatlar, xususan, Singapur tajribasiga hamohang ravishda one size fits all , ya’ni barcha uchun bir xil mezon modeli asosida ishlab chiqilib, korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq huquqiy mexanizmi, samarali institusional tuzilmasi, moliyaviy va mehnat resurslari bilan doimiy ta’minlab turilishi, muntazam monitoring faoliyati hamda xolis va shaffof baholash tizimi ishlashi lozim.
Ikkinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasida integrasiyalashgan yondashuvni qo‘llash yaxshi samara beradi. Bunda davlat organlarining fuqarolik jamiyatining barcha instituti bilan hamjihat faol harakatini ta’minlash nazarda tutiladi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda milliy tuzilmalarning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga ham alohida e’tibor beriladi. Bu borada O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida integrasiyaga erishishga to‘sqinlik qilayotgan omillardan biri aniq statistika va maqbul dalillarga asoslangan ma’lumotga tayangan holda ish olib borish tizimining mavjud emasligi hisoblanadi.
Uchinchidan, jamiyatning har bir sohasida, xususan, tadbirkorlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish, u bilan bog‘liq ayrim xatti-harakatlarni kriminalizasiyalash hamda xalqaro standartlarni to‘liq va to‘g‘ri qo‘llash lozim. Bunda xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan noqonuniy boylik orttirish , uchinchi shaxslarning moddiy manfaatlarini ko‘zlab tamagirlik qilish kabi harakatlarni kriminalizasiyalash masalalarini ko‘rib chiqish vaqti keldi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid davlat dasturlarining ijrosini ta’minlashda qaysi omillarga e’tiborni yanada oshirish lozim?
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturining ijrosi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy masalalardan biridir. Bunda, avvalo, monitoring jarayonida samarali huquqiy mexanizmning yetarli emasligi, davlat xizmatchilarining etika qoidalariga rioya qilish darajasining pastligi, davlat organlari faoliyati ochiqligi tamoyilining amalda nomigagina ishlayotganligi kabi masalalar hal etilishi lozim.
Va nihoyat, korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tendensiyalaridan kelib chiqib, amalda real ishlaydigan strategiyani ishlab chiqish kerak. Zamonaviy tendensiyaga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashishni uch bosqichda amalga oshirish taklif etiladi.
Chunonchi, jamiyat a’zolari faol ishtirokini kuchaytirish uchun ma’lumotlarni erkin olish imkoniyatini yaratish, ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda korrupsiya holatlari haqida axborot berish va oldini olish, korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish va bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini ta’minlashning aniq tizimini amaliyotda qo‘llashdir.
Qolaversa, yurtimizda har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda sohaning xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish, korrupsiya holatlari haqida xabar berishning yangi innovasion usullarini ishlab chiqish hamda qo‘llash, korrupsiya holatlarini ekspertizadan o‘tkazish, monitoring qilish va baholashning real, hayotiy, xolis hamda shaffof indikatorlarini belgilash ham muhim. Bularning barchasi jamiyatda korrupsiya degan illatning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rahim Sherqulov ( Xalq so‘zi ) suhbatlashdi.
Manba: zamin.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Бу ҳақда 2 июль куни "Россия Фанлар академиясининг ягона геофизика хизмати" Федерал тадқиқот марказининг Камчатка бўлими "Телеграм"даги каналида маълум қилди.
Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.
Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.
Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.
Шу билан бирга, NDMA келгуси 12 дан 24 соатгача мамлакатнинг катта қисмларига таъсир қилиши кутилаётган кучли ёмғир ва момақалдироқ ҳақида огоҳлантирди.
Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.
Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.
Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.
БМТ 2024 йилда болаларга қарши ҳарбий низолардаги зўравонликлар «мисли кўрилмаган даража»га етганини маълум қилди. Энг кўп ҳуқуқбузарликлар Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда Исроил армияси томонидан содир этилган.
20 июнь куни “Eco Expo Central Asia 2025” халқаро экологик технологиялар кўргазмаси доирасида Қозоғистон Республикаси Экология ва табиий ресурслар вазири Ерлан Нйсанбаев иштирокчиларнинг кўргазма стендлари билан танишди. Юқори мартабали меҳмонга Ўзбекистон Республикаси Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири Азиз Абдуҳакимов ҳамроҳлик қилди.
Европа Иттифоқи Россия билан кўп йиллик энергетик алоқаларга чек қўйишни режалаштирмоқда. Яқинда қабул қилинган таклифга кўра, ЕИ 2027 йил охиригача Россиядан табиий ва суюлтирилган газ импорт қилишни тўхтатиш учун юридик мажбурий механизмлар жорий этмоқчи.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеода 8 нафар қиз келин либосида “Эр керак” деб ёзилган плакатлар билан марказий кўчаларни айланиб юргани акс эттирилган.