Koronavirusning yana bir yangi o‘chog‘i ma’lum qilindi

Koronavirusning yana bir yangi o‘chog‘i ma’lum qilindi

JSSTning favqulodda sog‘liqni saqlash dasturi direktori Maykl Rayan Janubiy Amerika COVID-19 pandemiyasining yangi episentriga aylanganligini, ayniqsa, Braziliyada ahvol kundan-kunga yomonlashayotganligini ma’lum qildi.

"Janubiy Amerika kasallikning yangi markaziga aylandi. Ko‘ryapmizki, Janubiy Amerikaning ko‘plab davlatlarida yuqumli kasallik tobora ko‘paymoqda. Ayniqsa, hozirgi paytda Braziliya eng ko‘p zarar ko‘rmoqda", deydi u.

Qayd etilishicha, Braziliyada koronavirusga chalinish bo‘yicha ko‘rsatkich 300 mingga yaqinlashmoqda, ularning aksariyati San-Paulu hududiga to‘g‘ri kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!