Koronavirus tufayli butun dunyo bo‘ylab “iPhone” yetkazib berish cheklanadi

Koronavirus tufayli butun dunyo bo‘ylab “iPhone” yetkazib berish cheklanadi

“Apple” Xitoyda koronavirus tarqalishi sababli butun dunyo bo‘ylab “iPhone” yetkazib berishni cheklaydi. Bu haqda kompaniya veb-saytida xabar berildi.

Bayonotda virusning tarqalishi Xitoyning “Apple” yetkazib beruvchilari uchun qiyinchiliklar olib kelganligi tushuntirildi. Natijada, smartfonlarni keng miqyosda yetkazib berish cheklanadi. Shuningdek, kompaniyaning ushbu chorakdagi daromadi oldindan taxmin qilinganidan kam bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Koronavirus haqidagi onlayn statistika

Bundan tashqari, kompaniya Xitoyda o‘z mahsulotlariga talabning pasayishini e’lon qildi. Xitoyning barcha «Apple» do‘konlari, shuningdek, ko‘plab sherik do‘konlar yopildi. Ochiq do‘konlar qisqa vaqt ichida ishlaydi va xaridorlarning soni juda kam bo‘ladi, deb ta’kidlashadi kompaniya.

"Bizning xodimlarimiz, ta’minot bo‘yicha sheriklar, mijozlar va biz ishlaydigan hamjamiyatlarning sog‘lig‘i va xavfsizligi bizning hozirgi va har doim asosiy ustuvorligimizdir", deyiladi bayonotda.

AirPodlarning global taqchilligi ilgari koronavirus tarqalishi sababli bashorat qilingan edi. Shuning uchun "Apple" etkazib beruvchilari ishlab chiqarishni to‘xtatishga majbur bo‘lishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!