Koronavirus: shifokor bemorlarni davolash uchun saratonga chalingan o‘g‘lini tashlab ketdi

Koronavirus: shifokor bemorlarni davolash uchun saratonga chalingan o‘g‘lini tashlab ketdi

Angliyaning Fraymli shahrida yashovchi shifokor Dennison koronavirus ma’lum muddatga o‘g‘lidan ayirganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uch yoshli o‘g‘lida saraton kasalligi bor va u hozir kimyoterapiya qabul qilmoqda. Aytishicha, koronavirusning yangi turi bolasining hayotiga katta xavf tug‘diradi. "Men bemorlar bilan aloqada bo‘lganim sababli o‘g‘limni infeksiyadan himoya qilish uchun uydan chiqib ketishga majbur bo‘ldim, – deb tushuntirdi u. – Menga notanish odamlarning hayotini saqlab qolish bilan birga saraton kasalligiga qarshi kurashadigan o‘g‘lim bilan birga bo‘lish juda qiyin edi. Umid qilamanki, u kasallikni yenga oladi".

Anesteziolog shifokor bemorlarni davolashga va o‘g‘lini rafiqasi hamda boshqa oila a’zolarining nazorati ostida qoldirishga qaror qildi. «Tez orada men boshqa uyga ko‘chib o‘taman va keyingi olti oyda o‘g‘limni ko‘rmayman", dedi shifokor. Uni bir necha kun ichida 56 mingdan ortiq qo‘llab-quvvatladi, 15 mingta fikr bildirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!