Koronavirus keyin ham hozirgidek xavfli bo‘lib qoladimi?

Koronavirus keyin ham hozirgidek xavfli bo‘lib qoladimi?

JSSTning favqulodda vaziyatlar dasturi rahbari Mayk Rayan COVID-19 qotil virus bo‘lib qolishini va  patogenligini yo‘qotmasligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan virus kamroq xavfli va halokatli bo‘lib qoladi, degan taxminga ishonmaslik kerak, chunki bu tasdiqlanmadi.

"Biz juda ehtiyot bo‘lishimiz lozim va kutilmaganda virus xavfi kamayadi, degan xayolga berilmasligimiz kerak", — dedi u.

Har kuni koronavirus dunyo bo‘ylab minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘ladi va Markaziy hamda Janubiy Amerika mintaqasida eng yuqori darajali kasallik hali ham o‘tmagan.

Rayanning ta’kidlashicha, Braziliya, AQSH, Peru, Chili va Meksikada so‘nggi bir kun ichida eng ko‘p infeksiya qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!