Koronavirus gripp bilan qo‘shilib ketishi mumkin?!

Koronavirus gripp bilan qo‘shilib ketishi mumkin?!

Germaniya emlanmaslikka qaror qilgan fuqarolar uchun bepul koronavirus testini bekor qilmoqda. Endi laboratoriya yoki dorixonada test topshirish uchun ular 20 yevrogacha to‘lashlari kerak bo‘ladi. Rasmiylarga ko‘ra, bu jamiyatning bir qismini emlashga majburlashi kerak bo‘lgan qadamdir.

Shu bilan birga, Ruminiya keksalar va aholining zaif guruhlari uchun kuchaytiruvchi deb ataladigan uchinchi dozani kiritishni taklif qilmoqda. Kampaniya mamlakatda virusga chalinganlar soni misli ko‘rilmagan darajada ko‘paygan bir paytda boshlanmoqda, shifokorlar bemorlarning 90 foizi koronavirusga qarshi emlanmaganligini ta’kidlashadi. Avvalroq, milliy emlash kampaniyasi koordinatori Ruminiyadagi vaziyatni Italiyaning o‘tgan yili boshidan kechirganlari bilan solishtirgandi. Mamlakatda mahalliy karantinlar joriy etilmoqda: Ruminiya janubi-g‘arbidagi Drobeta-Turnu Severin pandemiyaning to‘rtinchi to‘lqini tufayli yopilgan birinchi yirik shahar bo‘ldi.

Buyuk Britaniyada ham emlash kampaniyasi boshlandi - bu safar grippga qarshi. Rasmiylar 35 million kishini mavsumiy virusga qarshi emlamoqchi, ular koronavirus va gripp bir vaqtning o‘zida kuchaysa, o‘lim sonining ko‘payishidan qo‘rqishmoqda.

Shifokorlar o‘tgan yili gripp cheklov choralari bilan to‘xtatilganini eslatib, bu mavsum ayniqsa: kuchayishi mumkinligidan ogohlantirishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!