Konstitusiyaviy islohotlar: ijtimoiy davlat tamoyillari qanday normalar orqali mustahkamlanmoqda?

A A A
Konstitusiyaviy islohotlar: ijtimoiy davlat  tamoyillari qanday normalar orqali mustahkamlanmoqda?

So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirildi. Buning uchun aholini yordamga muhtoj, zaif qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarimizni ishsizlikdan himoya qilish, ularni bandligini ta’minlash, hududlarimizda kambag‘allikni qisqartirish hamda ayrim sabablarga ko‘ra vaqtincha ishsiz bo‘lgan yurtdoshlarimizni kasbga tayyorlash borasida davlatimiz tomonidan ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini yaxshilash sohasida juda ko‘p ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish joylarini yaratish hamda ishsizlarni kasbga qayta tayyorlash maqsadida respublikamizni barcha hududlarida “Monomarkaz”lar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur sohadagi islohotlarni yanada jadallashtirish, aholining yordamga muhtoj qatlamiga ijtimoiy yordam berish maqsadida yurtimizning turli hududlarida band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, xorijiy til kurslarini tashkil etish, axborot texnologiyalarini o‘rgatish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, biznes sohasiga qiziqqanlarga tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirishda bevosita “Monomarkazlar” muhim institutlardan biri bo‘lib maydonga chiqdi. Hozirgi kunda respublikamizning 15 ta hududida “Ishga marhamat” monomarkazlari aholiga o‘z xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Shu bilan birga yurtimizda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarga yordam berish, vaqtincha ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tashkil etildi. Ijtimoiy sohada amalga oshirilgan yana bir muhim chora-tadbirlardan biri bu nafaqaga chiqib, ishlayotgan pensionerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan ularga yuz foiz pensiyalarini to‘lab berish tizimi joriy etildi.

Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, jamiyatda davlat tomonidan ijtimoiy tamoyillarni joriy etilishi o‘z navbatida har bir fuqaroning hayot kechirishi uchun munosib turmush sifatini ta’minlash, yashash darajasini yaxshilash, aholi o‘rtasida ijtimoiy tafovutni yumshatish, muhtojlarga har tomonlama yordam berish, tabiat inom etgan moddiy boyliklarni jamiyat a’zolari o‘rtasida adolatli taqsimlashga qaratilgan ijtimoiy davlat modelidir.

Ilg‘or xorijiy davlatlarda ijtimoiy davlat tamoyillari qanday hal etilgan?

Dunyo amaliyotida “Ijtimoiy davlat” maqomiga ega davlatlar iqtisodiy jihatdan yuqori darajada rivojlangan, davlatning boshqaruv tizimi ijtimoiy yo‘naltirilgan, fuqarolik jamiyati har tomonlama shakllangan, davlat tomonidan turli ijtimoiy dasturlarni amaliyotga joriy etish tajribasi tizimlashtirilgan bo‘ladi. Shu bilan birga mazkur mamlakatlar har bir fuqarosiga munosib turmush sharoitini ta’minlash, yashash uchun teng sharoitlar yaratish hamda o‘z fuqarolari oldida ko‘plab ijtimoiy ma’suliyatlarni o‘z zimmasiga oladi.

Ilg‘or xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy davlat tamoyillari qanday hal etilganligi borasidagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ularda asosan aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan qismiga ishsizlar, nafaqaga chiqqan fuqarolar, imkoniyati cheklangan shaxslar hamda ota-onasi yo‘q bolalarni kiritish mumkin. Mazkur toifaga kirgan fuqarolarni himoya qilish, ularni moliyaviy rag‘batlantirish ijtimoiy davlatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ijtimoiy davlatchilik tamoyillari bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rgangan mutaxassislar, tadqiqotchilar va olimlar bu mamlakatlarni shartli ravishda Skandivaniya, Kontinental va Amerika-Britaniya (Liberal) guruhlariga ajratishni tavsiya etishadi.

1-guruhga Daniya, Norvegiya, Finlyandiya hamda Shvesiya davlatlari kirib, mazkur guruhdagi mamlakatlarni mutaxassislar Skandinaviya modeli sifatida e’tirof etishadi. Bu mamlakatlarda davlat jamiyat oldidagi o‘zining ijtimoiy majburiyatlarining katta qismini davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiradi. Shu bilan birga mazkur mamlakatlarda davlat o‘zining ijtimoiy majburiyatlarini bajarishda birinchi navbatda fuqarolarining ijtimoiy farovonligi, ta’lim olish bilan bog‘liq faoliyati, sog‘liqni saqlash tizimi, bolalar va yoshlar masalalarini hal etish bilan birga keksalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshiradi. Bundan ishlar davlat byujeti va turli ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalari tomonidan moliyalashtiriladi. Bunday ishlarni amalga oshirish va muvofiqlashtirish bevosita hududiy munisipalitetlar, ya’ni mahalliy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.

2-guruhdan Avstriya, Belgiya, Germaniya hamda Fransiya davlatlari joy olib, bu guruhni mutaxassislar ijtimoiy davlatning kontinental modeli sifatida tan olishadi. Bu mamlakatlarda davlat o‘zining ijtimoiy vazifalarini bajarishda asosan aholining yordamga muhtoj qatlamiga ijtimoiy yordam pullarini berishga mas’ul hisoblanadi. Ijtimoiy yordam puli bilan bog‘liq xarajatlar davlat hisobi va xususiy ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalari tomonidan qoplanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak ijtimoiy ta’minot byujetdan ajratiladigan mablag‘lar hamda ish beruvchi va xodimlarning sug‘urta badallari orqali amalga oshiriladi. Biroq bu modeldagi davlatlarda hukumat, mahalliy boshqaruv organlari aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaydi.

3-guruhni mutaxassislar Amerika-Britaniya yoki Liberal model sifatida ta’kidlab, bu modelga Angliya, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Irlandiya kabi mamlakatlarni kiritishgan. Bu modelda davlatning ijtimoiy sohadagi ishtiroki boshqa modellarga nisbatan juda past hisoblanadi. Davlat tomonidan ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda xarajatlar asosan xususiy jamg‘arma va sug‘urta fondlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuning uchun mazkur mamlakatlarda davlat fuqarolar uchun eng kam daromad miqdorini belgilash, nazorat qilish hamda aholining zaif va nochor qatlamlari farovonligini ta’minlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Xorijiy mamlakatlardagi ijtimoiy davlat tamoyillari tahlili shuni ko‘rsatadiki, davlatlarning asosiy hujjatlarida “ijtimoiy davlat” tushunchasining mustahkamlanishi jamiyatda ijtimoiy tenglik, ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoyani ta’minlash vositalari asosida boshqaruv tizimiga asoslanishidan dalolat beradi.

Ijtimoiy davlat g‘oyasini mustahkamlanishi jamiyatda tenglik va adolat tamoyillarini yanada kafolatlaydi

Yangilanayotgan Konstitusiyamizning tegishli moddalariga “Ijtimoiy davlat” g‘oyasining singdirilishi kelajakda mamlakatimizda ijtimoiy sohaga ustuvorlik berish siyosatining yanada kuchayishiga, aholining yordamga muhtoj qatlamlari uchun munosib turmush tarzini ta’minlashga hamda ijtimoiy yordamga muhtoj aholining davlat tomonidan har tomonlama himoya qilinishini kafolatlashga huquqiy zamin yaratadi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar, globallashuv jarayonlarining tezlashuvi hamda bozor iqtisodiyoti qonunlarining faollashuvi amaldagi konstitusiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni hayotiy zaruratga aylantirdi. Chunki 2017-2021 yillar mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa yo‘nalishlarda keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish jarayonida qonunchiligimizda aholini yordamga muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq bir qancha bo‘shliqlar mavjudligi namoyon bo‘ldi. Mazkur bo‘shliqlarni to‘ldirish, aholining yordamga muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilish maqsadida davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri sifatida o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqish, chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Xususan, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida “Inson qadri” uchun yetti yo‘nalishda 100 ta maqsad belgilab olindi. E’tiborli jihati, 100 ta maqsaddan 34 tasi bevosita ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilganligi bu ham mamlakatimizda ijtimoiy davlat g‘oyasini ilgari surilayotganligiga yaqqol misoldir. Shu bilan birga amaldagi konstitusiyamizda “Ijtimoiy davlat” maqomi e’tirof etilmagan bo‘lsa ham, lekin amalda ijtimoiy davlatning fundamental huquqiy asoslari yaratilganligini olib borilayotgan islohotlardan ko‘rishimiz mumkin.

Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitusiyaviy islohotlar jarayonida “Ijtimoiy davlat” tushunchasini Konstitusiyaga singdirilishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun konstitusiyamizning tegishli moddalariga O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekanligi, qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalarning va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdori rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emasligi, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibini qonun bilan belgilanishi hamda fuqarolarimizni davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli ekanligi to‘g‘risidagi normalar kiritilishi taklif etilmoqda. Mazkur normalarning konstitusiyaga kiritilishi kelajakda aholimizning ijtimoiy hayotida quyidagi imkoniyatlarni paydo bo‘lishiga zamin yaratadi.

Birinchidan, mamlakatimizda ijtimoiy sohaga yanada ustuvorlik berish orqali fuqarolar tengligini ta’minlash, ijtimoiy tabaqalashuvni oldini olish, ijtimoiy yordamga muhtoj aholini davlat tomonidan har tomonlama himoya qilish choralarini ko‘rish davlat tomonidan kafolatlanadi;

Ikkinchidan, barcha fuqarolarimizga, xususan, ijtimoiy yordamga muhtoj aholiga dalat tomonidan birlamchi malakali tibbiy xizmatlarni bepul amalga oshirish hamda sifatli ta’lim olish va shunga o‘xshash xizmatlar ko‘rsatish qonun jihatidan mustahkamlanadi;

Uchinchidan, ijtimoiy davlat g‘oyasini Konstitusiyamizda mustahkamlanishi jamiyatda “ijtimoiy tabaqalanish”ni kamaytirish, “ijtimoiy tenglik” hamda “ijtimoiy adolat” tamoyillari asosida boshqarishni hukumat zimmasiga oladi va shu tamoyillarni bajarilishiga kafolat beradi.

Bizning fikrimizcha, amaldagi konstitusiyaga “Ijtimoiy davlat” g‘oyasining singdirilishi kelajakda ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan hamda nogironligi bor shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalarining hal etilishiga hamda aholining kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga zamin yaratadi.

Nodirbek Rasulov,
Iqtisodiyot fanlari doktori


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

AQSh Ukrainada abadiy urush o‘tkazish istagini e’lon qildi

Бу ҳақда профессор Питер Кузник РИА Новости агентлигига берган интервьюсида маълум қилди .

"Sizlar bizga terrorchi, biz esa sizlarga suv beramiz"

Бу ҳақда Ҳиндистон ташқи ишлар вазири Субраманям Жайшанкар Нью-Деҳлида бўлиб ўтган брифингда маълум қилди.

Estoniya va Rossiya o‘rtasida jang chiqishiga sal qoldi

Эстония ҳарбий-денгиз кучлари ва НАТО авиацияси Болтиқ денгизида Россия портига йўл олган Габон байроғи остидаги нефть танкерини қўлга олишга уриниш қилди. Воқеа Фин қўлтиғи сувларида юз берди.

Xotira va qadrlash kunida O‘zbekiston bayrog‘i bilan chiqqan yoshlar rusparastlar qarshiligiga uchradi

Ҳатто айримлар бу ҳаракатни USAID ёки “Миллий тикланиш” партияси раҳбари раҳбари Алишер Қодиров билан боғлашга уринишган.

Rossiya Ukrainani vijdonsizlarcha o‘qqa tutmoqda

20 дан ортиқ "Шаҳед" дронлари Украинага учиб кирди, улар аллақачон Чернигов ва Суми вилоятларида бўлиб, Киев томон ҳаракатланмоқда.

Germaniya Rossiyaga tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Германия ҳукумати вакили Штефан Корнелиус маълум қилди, деб ёзади Berliner Zeitung газетаси.

170 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgan sudya borasida rasmiy bayonot berildi

Тергов сири ва айбсизлик презумпцияси талабларидан келиб чиқиб, бошқа тафсилотлар ошкор қилинмайди.

Rossiya Ukrainada yangi hujumni boshladi

Россия музокараларни манипуляция воситаси сифатида қўлламоқда, тинчликка жиддий интилиш кўрсатмаяпти.

Shomurodov "Roma"ning "Atalanta"ga qarshi o‘yinini asosiy tarkibda boshlaydi

Италия А Сериясининг 36-турида "Аталанта" ўз майдонида "Рома"ни қабул қилади.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami yoki bu shunchaki ichki chorami?

Қозоғистон Россия билан уруш ҳақида гапирди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Istanbuldagi muzokarada Rossiya Ukrainaga beshta shart qo‘ydi

Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.

Muvaffaqiyatsiz muzokaralar — yangi qurollar bilan urush dahshatliroq bo‘lishi mumkin: Medvedev ogohlantirdi

Медведев Россия ва Украина ўртасидаги музокаралар муваффақиятсиз бўлган тақдирда "янги қуроллар" билан янада даҳшатлироқ уруш ҳақида гапирди.

Turkiya muzokaralarni qanday qilib boshi berk ko‘chadan olib chiqdi

Россия Украинадан тўрт вилоят ҳудудидан қўшинларини олиб чиқиб кетишни талаб қилганидан сўнг, музокаралар боши берк кўчага кириб қолгандек кўринарди.

Putin maxsus operasiyaning asl maqsadini ochiqladi

Россия президенти бу ҳақда “Россия 1” журналисти Павел Зарубинга берган интервьюсида таъкидлади.

Istanbul muzokaralari nega samara bermadi? Ispan nashri Zelenskiyni ayblayapti

Украина делегацияси Владимир Зеленскийнинг учрашув олдидан ўзини тутиши туфайли Истанбулдаги музокараларда муваффақиятсизликка учради.

ID hozircha vaziyatga izoh bermadi.

Ханс-Дитер Флик "Барселона" билан янги меҳнат шартномасини 2027 йилгача имзолайди. Бу ҳақда "кўк-анорранглилар" президенти Жоан Лапорта маълум қилди.

G‘azodagi hujumda bir kechada 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi

ID ҳозирча вазиятга изоҳ бермади.

Somalida harbiy xizmatchilarning portlashi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi

“Репорт” хабар беришича , бу ҳақда СМС Сомали телеканали Ҳ ижтимоий тармоғида маълум қилди .

Madridning asosiy ayeroportini 500 ga yaqin uysizlar egallab olgan

Испаниянинг Мадрид шаҳридаги асосий аеропортда яшовчи уйсизлар сони 500 нафарга етди.

Makron: G‘azodagi vaziyat insonparvarlikka zid

Франсия президенти Эммануел Макрон Ғазо секторидаги гуманитар ҳолатни «инсонпарварликка зид» деб баҳолади.

Putin ko‘proq Ukraina hududlarini egallab olishga qodir ekanligiga ishonadi, ammo Trampni qattiq asabiylashtirishni istamaydi - CNN

Нашрнинг ёзишича, Москва ҳозирда Истанбулдаги музокараларнинг энг кам натижасига ҳам рози бўлиши мумкин. Чунки Россиянинг ҳозирги тактикаси АҚШни ҳаддан ташқари ғазаблантирмаслик учун тинчлик жараёнига тайёрлигини кўрсатишдан иборат.

Amerika qamoqxonasidan 10 nafar mahbus hojatxona teshigidan qochib ketdi - Reuters

Қочқинлар кетишдан олдин деворга табассум белгисини чизиб, "Биз айбдор эмасмиз" ва "Бу жуда осон бўлди, лол" деган хабарларни қолдиришга улгурди.

Favqulodda holatlarda nima qilish kerak?

Муҳим телефон рақамлари маълум қилинди.

FT: Putin AQSH, Yevropa va Ukraina tayyorlagan 22 banddan iborat sulh rejasini hatto ko‘rib chiqishni ham istamadi

Нашр манбаларига кўра, ушбу 22 банддан иборат режа Украина ва АҚШ амалдорлари ўртасидаги телефон суҳбатида батафсил муҳокама қилинган.

Rossiya Istanbul muzokaralarida Xarkiv va Sumini bosib olish bilan tahdid qilgan — The Economist

Нашр мухбири маълумот беришича, Истанбулдаги музокараларда Россия делегацияси, жумладан Владимир Мединский, Украина томонига Харкив ва Суми областларини босиб олиш билан таҳдид қилган.

AQSh Yevropa qit’asidan qisman qo‘shin chiqarish masalasini muhokama qiladi

АҚШ 2025 йил охирига қадар Европа қитъасидаги ҳарбий контингентини қисқартириш бўйича музокараларни бошлайди. Бу ҳақда НАТОдаги АҚШ доимий вакили Мэттю Уитакер маълум қилди.

Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

Уларни калтаклаган 3 нафар ўқувчи ҳибсга олинган.

Jabaliya vayronalari ostidan ingragan ovozlar eshitilmoqda

Жабалиядаги гувоҳлар вайроналар остидан ҳамон фарёдлар эшитилаётганини айтмоқда.

Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan holat yuzasidan ma’lumot

Дастлабки маълумотларга кўра 7 нафар фуқаро шифохонага мурожаат қилган. Тиббий кўрикдан ўтказилиб, аҳволлари яхши бўлганлиги боис уйига рухсат берилган.

Medinskiy: "hech qachon ruslarni aldashga va ulardan biror narsa o‘g‘irlashga urinmang"

Мединский музокараларнинг биринчи куни ҳақида Бисмаркка нотўғри нисбат берилган иқтибослар билан сўзлади.

Albaniya bosh vaziri Italiya bosh vaziri Jorja Melonini qiziqarli tarzda kutib oldi

Албания бош вазири Эди Рама Италия бош вазири Жоржа Мелонини қизиқарли тарзда кутиб олди.

Trampning trillion dollarlik tashrifi: Yaqin Sharqdagi tarixiy sarmoyalar!

АҚШ президенти Доналд Трамп Саудия Арабистони, Қатар ва Бирлашган Араб Амирликларига (БАА) қилган ташрифлари натижасида Америка иқтисодиётига 12-13 триллион доллар миқдорида сармоя киритиш бўйича келишувларга эришилганини маълум қилди.

Rossiya harbiylari jurnalistlar qo‘nim topgan mehmonxonalarni qasddan o‘qqa tutmoqda

Нодавлат ташкилот ҳисоботига биноан, 2022 йил 24 февралдан буён Россия қуролли кучлари Украинанинг 25 та меҳмонхонасига 31 марта ҳужум қилган. Ушбу меҳмонхоналар асосан фронт чизиғига яқин ҳудудларда - Харков, Донетск, Днепропетровск, Одесса ва Киевда жойлашган.

Istanbulda tinchlikka yangi qadam: Rossiya va Ukraina 1000 kishi almashishi bo‘yicha kelishdi!

Туркия ташқи ишлар вазири Ҳоқон Фидан Истанбулда бўлиб ўтган Россия ва Украина делегациялари учрашуви натижалари ҳақида гапирди.

Isroil armiyasi Tulkarem va Nur Shams qochqinlar lagerlariga hujumlarini davom ettirmoqda

Wafa ахборот агентлиги хабар қилишича, Исроил армияси босиб олинган Ғарбий Қирғоқ шимолидаги Тулкарем ва Нур Шамс қочқинлар лагерларида рейдлар ўтказиш, биноларни бузиш ва аҳолини кўчириш амалиётларини давом эттирмоқда.

Бухорода йўлдан ўтаётган аёл экскаватор босиб кетиши оқибатида ҳалок бўлди

Аёл йўлнинг белгиланмаган жойидан кесиб ўтаётган бўлган.

Кучли таъсир қилувчи дори воситаларининг ноқонуний савдоси фош этилди

Сотувчи М.О. фуқаро Р.М.га кучли таъсир қилувчи дори воситасини шифокор рецептисиз сотган вақтида ушланиб, ундан 13 турдаги дори воситалари ва тиббий буюмлар ашёвий далил сифатида олинган.

Тошкентдаги ёнғин қарийб 3 соатда бартараф этилди

Ёнғин тўғрисида хабар 23:58 да келиб тушган бўлиб, ёнғин-қутқарув экипажлари воқеа жойига 00:03 да етиб борган

Андижонда вояга етмаган бола Spark ҳайдаб, ЙТҲга учради

Ҳолат юзасидан суриштирув ишлари олиб борилмоқда

Барселонада автомобиль футбол мухлислари устига ҳайдалди

Бу ҳақда BBC хабар берди.

Фаластинлик қочқинлар сони 7 миллионга етди

Президент Маҳмуд Аббос таъкидлашича, мамлакат ичкариси ва ташқарисидаги фаластинлик қочқинлар сони 7 миллион кишига етди. Бу ҳақда WAFA агентлиги хабар берди.

Трампнинг "Мега келишуви": Яқин Шарқ учун янги тартиб

Бу ҳақда Israel Hayom юқори мартабали манбага таяниб ёзади.

Берлиндаги Фаластин тарафдорлари намойишида 10 нафар полициячи яраланди

Бу ҳақда Билд нашри хабар берди .

ФҚБнинг собиқ раҳбари Трампга таҳдид солаётган пайтда қўлга олинди

Бу ҳақда Миллий хавфсизлик департаменти раҳбари Кристи Ноэм Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида маълум қилди.

Англия жанубидаги тарихий автомобиль ишлаб чиқариш маркази ёниб кетди

Бу ҳақда “Репорт ” хабар бермоқда Ойна маҳаллий ҳокимият органларига таяниб.

Ғазодаги қурбонлар сони 53 мингдан ошди

2023 йил 7 октябрда Исроил ҳарбий тажовузи бошланганидан буён Ғазо секторида ҳалок бўлганлар сони 53 010 нафарга етди. Бу ҳақда чоршанба куни Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги хабар берди, деб ёзади Anadolu.

"Уларнинг вазифаси - Москвадан вовуллаш": Украина Ташқи ишлар вазирлиги Лавров ва Захарованинг баёнотларига муносабат билдирди

ТИВ матбуот котиби Георгий Тихий шундай деди: Путин Зеленский билан Истанбулда учрашиш ва урушни тўхтатиш бўйича жиддий музокара ўтказиш ўрнига, Россиядан фақат шахсий ҳақоратлар эшитилмоқда.

Россиянинг нефт экспортидан тушуми апрель ойида кескин камайди — ХЭА

Март ойига нисбатан тушум 1,13 млрд долларга камайган. Бу экспорт ҳажми ёки нархдаги пасайиш билан боғлиқ бўлиши мумкин.

“Россия нефти қўлга тушмасдан ўтмоқда” — ЕИ тан олади: ресурс етишмайди

Европа Иттифоқи Ҳарбий қўмитаси раҳбари Роберт Бригер маълум қилишича, ҳозирда Европа Иттифоқида Россия нефтини ташиётган танкерларни ушлаб қолиш операциясини бошлаш учун етарли ресурслар мавжуд эмас.

ЖСТ раҳбари: Глобал савдо инқироздадир

Қўшма Штатлар ва бошқа мамлакатлар ўртасидаги икки томонлама тариф келишувлари адолатли савдонинг асосий тамойилини бузиши мумкин.

Ўзбекистон Россияда Топ-10 севимли саёҳат йўналишига кирди

Бу ҳақда Россия туроператорлари ассоциацияси директори Майя Ломидзе “Марказий Осиёга Uzbekistan Airways қанотларида” биринчи йиллик форумида айтиб ўтди.

Зеленский: Украина оккупация қилинган ҳудудларни Россияники деб тан олмайди

Украина президенти Володимир Зеленский Россия назоратидаги вақтинча оккупация қилинган ҳудудлар бўйича ҳеч қандай юридик тан олиш бўлиши мумкин эмаслигини қатъий таъкидлади.

Фалокат унутилмаган: Накба хотирасида 115 фаластинлик сионистлар томонидан ўлдирилди

Фаластинликлар Накбанинг 77 йиллигини хотирлаётган пайтда жиноятчи Исроил Ғазода 100 дан ортиқ кишини ўлдирди. Янги ҳужумлар Ғазода камида 115 кишининг жонига зомин бўлди, Исроилнинг ўта ўнг қанот кучлари Накба йиллигида Ғарбий қирғоққа ҳужум қилишга ундамоқда.

Франциядаги қамоқхоналарнинг ҳаддан ташқари кўплиги рекордларни янгилашда давом этмоқда

Бу ҳақда Ле Фигаро газетаси ёзмоқда.

Германия Россияга қарши янги санкцияларга қарши

Бу ҳақда “Саҳра Вагенкнечт иттифоқи – ақл ва адолат учун” партияси етакчиси Саҳра Вагенкнехт Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида маълум қилди.

Россиялик олим қурбақа эмбрионларини АҚШГА ноқонуний олиб киргани учун 20 йилга озодликдан маҳрум этилиши мумкин

Бу ҳақда АҚШ Адлия вазирлиги хабар берди.

Швейцарияда тезликни оширган ўрдак йўл камерасига тушиб қолди

Швейцариянинг Кёниц коммунасида тезликни оширган ўрдак йўл камерасига тушиб қолди. Berner Zeitung нашри ёзишича, ҳудудда бундай ҳолат биринчи марта содир бўлаётгани йўқ.

Эстония ва Россия ўртасида жанг чиқишига сал қолди

Эстония ҳарбий-денгиз кучлари ва НАТО авиацияси Болтиқ денгизида Россия портига йўл олган Габон байроғи остидаги нефть танкерини қўлга олишга уриниш қилди. Воқеа Фин қўлтиғи сувларида юз берди.

Теҳрон Трампнинг таҳдидларига кескин жавоб берди: Ғазода 60 минг кишини қайси тузум йўқ қилди? Ғазодаги шундай кенг кўламли вайронагарчиликларга ким сабабчи бўлди?

Эрон Ташқи ишлар вазири Аббос Аракчи АҚШ президенти Доналд Трампнинг Ислом Республикаси гўёки Яқин Шарқда "террор тарқатаётгани" ҳақидаги баёнотига муносабат билдирди.

НАТО Туркияни мақтамоқда

НАТО Бош котиби Марк Рютте Anadolu агентлигига берган шарҳида Истанбулдаги тинчлик музокаралари истиқболини изоҳлаган ҳолда, яқин кунларда Украинадаги вазият яхшиланиши мумкинлигини таъкидлади.

Бразилия президенти Путинга қандай хабар олиб келди?

Россия телеграм-каналлари хабар беришича, Бразилия президенти Лула да Силва Москвага Хитой раҳбари Си Цзиньпиннинг мактубини олиб келган.

Европа Кенгаши Россияга қарши махсус трибунал тузиш бўйича қарор қабул қилди – DW

Европа Кенгаши Вазирлар Қўмитаси Бош котиб Ален Берсега Украинага қарши тажовуз жинояти бўйича Махсус трибунал тузиш жараёнини бошқаришни топширди.

Парижда криптовалюта миллионерининг қизини ўғирлашга уринди

Сўнгги ойларда Франция ва Европада криптовалюта бизнесининг таниқли шахслари ва уларнинг оила аъзоларини ўғирлаш ёки ўғирлашга уринишлар ҳақида хабарлар кўпаймоқда.

Қуёшда бу йил ҳисобига энг кучли портлаш юз берди

Об-ҳавога таъсирчан одамлар, тайёр туринг, тез кунларда магнит бўрони кузатилиши эҳтимолдан ҳоли эмас.

Тошкентда 50 ёшли эркак лифтда 15 ёшли қизга шилқимлик қилгани учун 5 суткага қамалди

Судда эркак қилган ишидан пушаймонлигини билдириб, енгилроқ жазо сўраган.

Қизилтепада 55 ёшли аёл ҳужжатларда эркак сифатида қайд этиб келинганми?

Аёл пенсияга чиқиш пайтида ушбу хатолик туфайли муаммога дуч келган

Хоразмдаги хонадонлардан бирига астероид тушгани ростми?

Қўшимча қилинишича, ҳодиса содир бўлган манзилда ИИБ ҳамда ФВБнинг махсус лаборатория хизматлари томонидан ўрганиш ишлари олиб борилган.

BBC: Исроилнинг Ғазодаги шифохонага уюштирган ҳаво ҳужуми оқибатида камида 28 киши ҳалок бўлди ва ўнлаб одамлар жароҳатланди

Исроил мудофаа армияси (ЦАХАЛ) эса, бу зарба ҲАМАСнинг “қўмондонлик маркази”га қаратилган аниқ ҳужум бўлганини билдирган.

Ливия пойтахтида тўқнашувлар авж олди

Шаҳарнинг бир қанча ҳудудларида кескинлик кузатилмоқда, деб хабар бермоқда Al Wasat газетаси .

АҚШ вертолёти Япониянинг Окинава шаҳрига пиротехника солинган сумкани ташлади

Бу ҳақда телеканалга асосланиб, “Репорт” хабар бермоқда.

Яман ҳутийлари Бен Гурион аэропортига ракета ҳужуми уюштирди

Яманнинг “Ансор Аллоҳ” исёнчи ҳаракатидан ҳутийлар Тел-Авивдаги Бен Гурион аэропортига гипертовушли баллистик ракета ёрдамида ҳужум уюштирди.

Уругвайнинг собиқ президенти Хосе Мухика вафот этди

Бу ҳақда Уругвай президенти Яманду Орси ижтимоий тармоқ орқали маълум қилди.

Пентагон АҚШ ва Россия ўртасида тўғридан-тўғри можарога йўл қўйди

Пентагон Россия-Украина можароси авж олган тақдирда АҚШ ва Россия ўртасида тўғридан-тўғри қарама-қаршилик юзага келиши мумкин, деб ҳисоблайди.

Туркиянинг Муғла вилоятида 6 магнитудали зилзила содир бўлди

Зилзила эпитсентри Датча қирғоқларидан 155 километр узоқликда, манба 20 километр чуқурликда жойлашган.

«Энг қашшоқ» президент...

Уругвайнинг 40-президенти Хосе Мухика — дунёдаги энг қашшоқ президент.