Konkabayev nima uchun Jalolovga qarshi jang qilmadi?

Boks bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirzagali Aytjanov Qamshibek Konkabayev "Stranja" turnirida nima uchun Bahodir Jalolovga qarshi jang qilmagani haqida gapirdi.
"Qamshibek jarohat olgandi. Shuning uchun u jang qilmadi. Bu shunchaki xalqaro turnir. Oldinda jahon chempionati kutib turibdi. Agar O‘zbekistondagi qur’a ularni to‘qnashtirsa, ular jang qilishadi. O‘shanda barchasi hal bo‘ladi", - dedi murabbiy.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)